Vazirlar Mahkamasining “Ulgurji savdo faoliyatini litsenziyalaş töğrisida nizomga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori loyihasi QHTBT portalida muhokama uçun joylaştirildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Ulgurji savdo korxonalari ustav jamğarmasi miqdoriga talablarni EKIHning 3 500 baravaridan EKIHning 1 000 baravarigaça, ustav jamğarmasini pul mablağlari bilan şakllantiriş qismida esa – EKIHning 1200 baravaridan EKIHning 100 baravarigaça qisqartiriş taklif qilinmoqda.
Ustav jamğarmasining alohida miqdoriga va tarkibiga talablarni qişloq xöjaligi mahsulotlarini eksport qiladigan korxonalarga tatbiq etmaslik taklif qilinmoqda. Ularga yuridik şaxslar ustav jamğarmasi miqdoriga umumiy talablar qöyiladi. Masalan, “Mas'uliyati çeklangan hamda qöşimça mas'uliyatli jamiyatlar töğrisida”gi Qonunning 14-moddasida ularning ustav jamğarmalari kamida EKIHning 40 baravarini taşkil etişi belgilangan.
Şuningdek, litsenziya olişda yuridik şaxs davlat röyxatidan ötganligi haqidagi guvohnomani taqdim etiş töğrisidagi talab ham bekor qilinadi.
Loyiha özgartirilişi, töldirilişi yoki rad etilişi mumkin.
Ulgurji savdoga nisbatan litsenziya talablari yumşatiladi
21:22 / 14.09.201716 9002 min












