Kun.uz tahririyatiga qönğiroq qilib, murojaat qilgan otaning aytişiça, farzandi ta'lim olayotgan Namangan tumanidagi 1-maktab 3-sinf öquvçilarining ota-onasidan 2017 yil paxta terim mavsumida yollanma mehnatkaşlarni jalb etiş yoki örniga pul söralmoqda. Xalqçil qilib aytganda, «kunlik paxta terimiga mardikor qilib beringlar, bölmasa, kuniga 20 ming sömdan tölov qiling», deya talab qilinmoqda.
Kun.uz muxbiri mazkur vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida, avvalo xalqaro va milliy qonunçiligimizga nazar taşladi. Özbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan Xalqaro Mehnat taşkilotining bola mehnatiga doir konvensiyasida, Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyada, Inson huquqlari deklaratsiyasida hamda Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, Bola huquqlari kafolatlari töğrisidagi milliy qonunçilik bazasida ham «voyaga yetmagan şaxsni majburiy mehnatga bevosita yoki bilvosita jalb etiş taqiqlangan».
Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati mazkur masala yuzasidan öz munosabatini bildirgan: har qanday holatda ham bola mehnatidan foydalanişga yöl qöyilmaydi, umumta'lim maktablarida noqonuniy pul yiğişlar taqiqlangan.
Muxbir bilan suhbatda bölgan otaning aytişiça, farzandining sinf öqituvçisi «mardikor olib berişni yoki örniga 20 ming söm tölaşni bot-bot takrorlamoqda, balki bu farzandining barkamol öqib örganişi uçun kimgadir oddiy çiqimdir, yoki milliy boyligimiz uçun öz hissamizni qöşişdir», degan ota va uşbu harakat neçoğlik qonuniy ekanligini söragan.
Namangan tumanidagi 1-maktab direktori Jamolxon Tursunov bilan boğlanganimizda, u voqeaning tafsilotini quyidagiça sözlab berdi: «Bu yerda anglaşmovçilik bölgan, ya'ni pul yiğimi haqida heç qanday söz ham bölmagan. Bir guruh ota-onalar esa öz xohişiga köra, «oq oltin» xirmoniga öz hissamizni qöşamiz, deya terimga çiqişgan. Buni yaşaş joylaridagi MFY vakillari ham tasdiqlaydi», deydi.
Şuni aytiş joizki, bu körinişdagi bola mehnatiga yöl qöyilmaydi. Şuningdek, har qanday şaxsni majburiy mehnatga jalb etiş qonun bilan taqiqlangan. Agar huquq va erkinliklaringiz poymol etilayotgan holat yuz bersa, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 200-06-00 işonç raqamiga, Vazirlik huzuridagi Mehnat inspeksiya 239-41-12 işonç raqamiga yoki http://inspektor.mehnat.uz/ sayti orqali murojaat qilgan holda xabar bering. Bundan taşqari, iş joydagi mehnat munosabatlarida majburiy işlarga jalb etiş holati kuzatilsa, Özbekiston Kasaba uyuşmalari federatsiyasining 200-10-92 yoki 1092 işonç raqamlariga murojaat qilişingizni söraymiz.
Har qanday holatda majburiy mehnat körinişidagi işga «öz xohişingiz bilan» rozilik beriş haqidagi tilxat, arizaga imzo çekmang. Bu bilan siz kelgusida öz huquq va erkinliklaringiz uçun kuraşiş imkoniyatidan mahrum bölasiz. Agar iş joyingizda şaxsingizga nisbatan bosim yoki tahdid uyuştirilsa, tegişli huquqni muhofaza etiş organlariga murojaat qiling.











