2 aprel kuni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida Porloq mahallasida maktab öquvçisi tomonidan boşqarilayotgan Nexia-3 avtomobili qarama-qarşi yönalişga çiqib, yuk avtomobili bilan töqnaşdi.

Namangan viloyati IIB YHXB videolavhasida avtomobilning yuk maşinasi bilan töqnaşgani va yuk maşinasi uni bir neça metrga sudragani körinadi.

Töqnaşuv oqibatida yengil avtomobil haydovçisi va yölovçisi bölgan maktab öquvçilari oğir ahvolda şifoxonaga yotqizilgan. Ulardan birida boş miyasi va jağ suyagi sinişi, boldir suyaklari sinişi ham kuzatilgan.

Rasmiylarga köra, maktab öquvçilariga maşinani ijaraga bergan fuqaroning özi ham avtomobilni ijaraga olgan bölgan. Uning özi öquvçilardan ijara uçun 150 ming söm olgan, örtada vositaçi bölgan 11-sinf öquvçisi esa 70 ming söm olgan. Avtomobilni ijaraga bergan yigitning otasi va yuk maşinasi haydovçisi jamoatçilikka murojaat qilib, yoş bolalarning rulga ötirişiga ruxsat bermaslikni söragan.

Sönggi paytlarda mablağ evaziga voyaga yetmaganlarga ijaraga maşina beriş mudhiş YTH va ölimlar bilan yakun topyapti.

Xususan, 2024 yilning 23 aprel kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida inson ölimi bilan boğliq YTH sodir böldi. Keyinçalik YTHga uçragan Matiz maşinasi Karmana va Navoiy şahridagi maktablarning 8- va 9-sinf öquvçilari tomonidan ijara olingani oydinlaşdi. Natijada, 2 öquvçi voqea joyida halok böldi, uçinçi öquvçi esa oğir tan jarohati oldi.

Ötgan yili 2 oktabr kuni esa Namangan şahrida ham şu kabi YTH sodir böldi. 5 nafar öquvçi ijaraga olgan Gentra’ni şaharning Marğilon köçasida katta tezlikda boşqarib, yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketgan. Yöl örtasidagi beton tösiqdan oşib ötgan maşina yuk maşinasiga borib urilgan. YTH oqibatida 3 nafar ösmir vafot etgan, 2 ösmir oğir tan jarohati olgan.

Amaldagi qonunçilikda, xususan, MJtKning 135-moddasiga köra, «...transport vositalarini boşqariş huquqiga ega bölmagan şaxsga transport vositalarini boşqarişning topşirilişi»