Ispaniya La-ligasining 6-turiga yakun yasab bergan uçraşuvda «Betis» öz maydonida «Levante»ni qabul qildi. Sevilyadagi «Benito Vilyamarin» stadionida keçgan uçraşuvda mezbonlar yirik ğalabani tantana qildi.

Uçraşuvning birinçi bölimida gol kiritilmadi. Ikkinçi bölimning boşidanoq «Betis» oldinga taşlandi va birin-ketin gollar kiritdi. «Real» qarşi uçraşuv qahramoni Arnaldo Antonio Sanabriya dublga erişgan bölsa, Fabian Ruis va Serxio Leonning bittadan goli hisobni yirik körinişga olib keldi. Natijada «Betis» Madriddagi tarixiy ğalabadan söng öz uyidagi uçraşuvni 4:0 hisobidagi ğalaba bilan tugatdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Betis» hisobidagi oçkolar soni 12taga yetdi va jamoa La-liga turnir jadvalida 5-öringa kötarilib oldi. «Levante» esa 9 oçko bilan 9-poğonadan joy olib turibdi.

Ispaniya La-ligasi
6-tur

Betis – Levante 4:0 (0:0)
Gollar: Sanabriya (47, 90), Fabian Ruis (55), Leon (65).
Betis: Adan, Barragan (Rafa Navarro, 60), Mandi, Amat, Durmisi, Garsiya, Leon (Matias Nauel, 77), Fabian Ruis, Guardado, Sançes (Telo, 69), Sanabriya.
Levante: Fernandes, Pedro Lopes, Postigo, Rodriges, Tono, Morales, Kampanya (Dukure, 67), Rober, Bardi (Nano, 57), Ivi Lopes (Samu, 57), Alegriya.
Ogohlantiriş: Mandi (51).