Madridning «Real» klubi sovrinlarni kolleksiya qiluvçi superklubga aylanganiga ança bölgan, ammo aynan sönggi yillarda muvaffaqiyatlar mukammallikka intilmoqda. 2016/17 mavsumida klub qatorasiga ikkinçi marta Çempionlar Ligasida şohsupaga çiqdi. Bunday vazifani oxirgi marta 27 yil oldin «Milan» uddalagandi, ammo birinçidan, u paytlarda butunlay boşqa turnir – Yevropa Çempionlar kubogi bölgan, ikkinçidan, futboldagi raqobat va xarajatlar öz çöqqisiga yetgan bugungi davrda bu işni amalga oşiriş yanada muşkul ekani şubhasiz. Bundan taşqari, Madrid klubi Ispaniya çempioni böldi, Yevropa va Ispaniya Superkubogini qölga kiritdi, şu bilan birga klublar örtasida jahon çempioni böldi.
Klubning moliyaviy holatiga ham havas qilsa arziydi, xususan, «Real» transfer bozoridagi siyosatini ham birmunça özgartirdi. Endi klub ğalabalarni pulga sotib olişni emas, ança aqlli xarajatlar amalga oşirişga ötdi.
«Real»ning oxirgi tom ma'nodagi yirik transferi 2014 yilga töğri keladi, öşanda 75 million yevroga sönggi jahon çempionatida porlagan kolumbiyalik Xames Rodriges sotib olingandi. Ammo oradan bir oy ötmay, klub bu transferni Anxel Di Mariyaning «Mançester Yunayted»ga sotilişi bilan qopladi. Öşandan beri «Real»ning transfer xaridlari 30 million yevrodan oşmadi, buning ustiga, har yili klub öz yulduzlarini yaxşigina narxlarda sotişdan qaytmayapti. Paydo bölayotgan böş örinlar esa, akademiyadan kelayotgan yoş futbolçilar yopmoqda.
Misol uçun, 2016 yilda «PSJ»ga 25 million yevroga sotilgan Xese örniga «Yuventus»dan Alvaro Morata 30 millionga olib kelindi. Bir yil ötib, «Real» bu hujumçini ikki barobardan köproq narxga «Çelsi»ga sotdi. Hujumçining örniga tarkibga qöşilgan yoş Borxa Mayoral esa, allaqaçon Ispaniya çempionatida gol urişga ham ulgurdi.
Bunday strategiya, ayniqsa, top klublar uçun tentakona ötgan sönggi transfer dariçasiga mos emasdek. «Real» sönggi yozda atigi ikki futbolçi sotib oldi: himoyaçi Teo Ernandes «Atletiko»dan 30 million yevroga, Dani Sabalos esa, «Betis»dan 16.5 million yevroga olib kelindi.

Agar «PSJ» (238 million), «Mançester Siti» (244.3 million) yoki «Barselona» (192.5 million) bilan soliştirsak, juda kamtarona xaridlar. Hatto yoz böyi Madridga kelişi haqida gap borgan Kilian Mbappe ham yakunda Parij klubi tarkibidan joy oldi.
Öz navbatida, «Real» futbolçilarni sotişdan 124 million yevro işlab ham oldi. Daniloning «Mançester Siti»ga ötişi klub ğaznasini 30 millionga köpaytirdi, Xames Rodrigesning «Bavariya»ga ijarasi 13 million yevro daromad keltirdi.

Savol tuğiladi, nega doimo yirik transferlar qilişdan uyalmagan «Real» bu qadar kamtar bölib qoldi?
Quriliş biznesi orqali 2 milliard yevro atrofida boylik yiqqan Florentino Peres aslida 90-yillarda «Real» prezidenti bölişga uringan edi. 1994 yilgi saylovlar omadsiz keçdi, u Ramon Mendosga yutqazib qöydi. Oradan bir yil ötmay, Mendosning örnini Lorentso Sans egallaydi. 2000-yillarga kelib, yangi saylov böldi.
Bu safargi kruaşga Peres yaxşilab tayyorlangandi, u ovoz beruvçilarni öz tomoniga oğdirişga muvaffaq böldi. Saylovoldi dasturining eng muhim qismi klubning taşqi qarzlariga barham beriş va tarkibni dunyo miqyosidagi yulduzlar bilan töldiriş bölgandi. Xuddi şu şaklda «galaktikos» davri boşlandi, klub har yili dunyoning eng yaxşi futbolçilarini Madridga olib kela boşladi. Bu transferlar natijasida Ronaldo, Bekhem, Zidan, Figu va boşqa top futbolçilar bir vaqtning özida jamoa tarkibidan joy olişardi. Ammo şu bilan birga jamoa Ispaniya çempionatida işonçli öyin körsata olmas, ayniqsa, Çempionlar Ligasida uzoq vaqt, hatto yarim finalga ham çiqa olmay qoldi.
Yirik xaridlar klubga yangi bozorlarni zabt etiş, global brendlardan biriga aylaniş imkonini berdi. Xalqaro fan-baza yildan-yilga töxtovsiz oşib bordi. Aynan şu yönalişga katta e'tibor qaratgan Peres bir jihatni – mahalliy muxlislarning talablarini unutib qöydi. Axir ularga faqat çiroyli öyin yoki yulduzlar emas, sovrinlar ham kerak edi. Bir qator alamli mağlubiyatlar 2006 yilda Peresning iste'fosiga sabab böldi.
Florentino Peres 2009 yilda yana prezidentlik kursisiga qaytdi va ilk işlaridan biri yana katta pul sarflaş böldi – birdaniga Kriştianu Ronaldu, Kaka va Karim Benzema «Real» tarkibidan joy oldi. Ammo bu transferlarning mohiyati yana avvalgidek tarkibni yulduzlar bilan töldiriş emas, kelajakdagi muvaffaqiyatli loyihaga poydevor qöyiş bölganidan keyin öz isbotini topdi. Ijtimoiy tarmoqlarda yoki marketing bozorlarida millionlab ta'qibçilarni yetaklab keladigan yulduzlargagina emas, maydonda çinakamiga mehnat qilib, ğalabaga hissa qöşadigan futboçlilarga ham e'tibor qaratila boşlandi. Bugungi «Real» – transfer bozorida doimiy ravişda musbat qoldiqqa intiluvçi klub.

Morata va Xamesning sotib yuborilişi haqidagi savollarni izohlar ekan Florentino Peres endi klub asosiy tarkibda öynaşi mavhum bölgan yulduzlarni uşlab turmasligini tuşuntirdi. Albatta, futbol yulduzlari Madriddagi yuqori raqobatga kirişişdan köra, boşqa klubda yetakçi bölişni afzal bilişlari tabiiy. Yana şuni e'tiborga oliş kerakki, «Real»ning tarkibi şunday keyin ham yulduzli bölib qolaveradi, faqat endi top-yulduzlarning soni kamayadi xolos. Endi avvalgidek ikkita emas, bitta yulduzli tarkib böladi. Ammo endi zaxira va rotatsiya uçun iqtidorli va yoş futbolçilar böladi. Bu ham jamoadagi ijobiy muhitni uşlab turiş, ayniqsa, yuqorida aytilganidek, transfer bozorida foyda qiliş uçun ham yaxşi şaroit yaratadi. Misol uçun, jamoa tarkibida atigi 8 öyinda maydonga tuşgan Mariano Dias «Lion»ga xuddi şunça millionga sotildi.
Eng muhimi, endilikda, «Real» marketing nuqtai nazaridan, öz brendini yoyiş uçun yulduz futbolçilarga ehtiyoj sezmayapti. Şundoğam, Madrid klubi juda katta auditoriyaga ega bölgan global brendga aylanib bölgan.
Yana bir tarafi, futbol yulduzlari bozori ham biroz özgargan. 1997-2008 yillar mobaynida 10 futbolçi (Ronaldu, Zidan, Rivaldo, Figu, Ouen, Nedved, Şevçenko, Ronaldino, Kannavaro, Kaka) «Oltin töp» oldi – bularning 6 nafari oqibatda «Real» öyinçisiga aylandi. Keyingi ön yillikka qarasak, atigi 2 futbolçi bunday şarafga loyiq bölganini köramiz. Ulardan biri özi «Real» futbolçisi, ikkinçisi esa, Messi. Argentinalik hujumçining «Real»ga kelişi imkonsiz, ammo uning «Barselona»da ekani va Ronaldu bilan raqobatining özi ham Madrid klubiga kam foyda keltirmaydi – bu ham qaysidir ma'noda marketing foydasi.
Darvoqe, Peresning bu özgarişini izohlaydigan yana bir talqin bor – aytişlari ça, u 80-yillar oxiridagi «Real»dan ilhomlangan. Öşanda asosi akademiya tarbiyalanuvçilaridan taşkil topgan madridliklar qatorasiga beş marta Ispaniya çempionligini qölga kiritgandilar. Beş futbolçi ularning içida eng maşhuri Emilio Butregenoning ismidan olinib, «Butre beşligi» deb atalgandilar. Qolgan tarbiyalanuviçlar Manolo Sançis, Rafayel Vaskes, Migel Pardesa va Miçel bölgandi.
Muvozanatli sarflar «Real»ga nafaqat futbol maydonlarida balki, buxgalteriya hujjatlarida ham katta foyda keltirmoqda. Yaqinda klub 2016 yil uçun hisobotlarni taqdim etdi. Barça soliqlar tölangandan keyingi sof foyda 21,4 million yevroni taşkil etdi. Daromadlar esa, 674.6 millionga yetdi, bu ötgan yilgi körsatkiçlardan salkam ön foizga köproqdir.
Daromadning tasnifi ham muvozanatga egadek körinadi: 20 foiz daromad öyin kunlari çiptalardan («Santyago Bernabeu»ning rejadagi rekonstruksiyasi amalga oşsa, bu körsatkiç yanada köpayadi), 37 foizi, teletranslatsiyalardan, 42 foiz esa homiylik şartnomalari orqali yuzaga kelmoqda. Şuningdek, Fly Emirates titul homiyligi uçun yiliga 70 million yevro tölaydi, bu şartnoma ham yaqinda 2022 yilgaça uzaytirildi. Daromadlar borasida «Real» «Barselona» bilan deyarli tenglaşib olgan. Ikki ispan grandi faqat bu yönalişning ajdarhosi «Mançester Yunayted»dan ortda bormoqda xolos.
«Real» va «Barselona» maoşlar uçun deyarli bir xil summani sarflaydilar, daromadlar ham bir-birlariga juda yaqin, ammo sönggi yillarda «Real» futbol maydonida «Barselona»dan ham, boşqa top klublardan ham yaxşiroq natijalarni qayd etmoqda. Bu esa, klubning sarf-xarajatlari aqlliroq va samaraliroq bölib borayotganini ifodalaydi.
Forbes materiali asosida












