12 oktabr kuni BMT Inson huquqlari böyiça kengaşining Din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi Ahmad Şahid Özbekiston Respublikasiga amalga oşirgan taşrifi yakunlanişi munosabati bilan matbuot anjumani ötkazdi. Uning safari yakuni böyiça dastlabki xulosasi taşkilot saytiga joylaştirildi. Uning qisqaça mazmuni bilan quyida tanişiş mumkin.
“2017 yil 2-12 oktabr kunlari Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçisi sifatida Özbekiston Respublikasida böldim”, deb boşlanadi hujjat.
U 2002 yildan buyon bu sohada taklif etilgan ilk maxsus ma'ruzaçi ekanini qayd etar ekan mamlakat hukumatiga uni taklif qilgani, barça iltimoslarini qanoatlantirgani, uçraşuvlar taşkil etişda kömak bergani, xususan Jasliq qamoqxonasiga ham borişga amaliy yordam bergani uçun minnatdorlik bildirgan.
Ahmad Şahid dastlabki xulosalari bilan örtoqlaşayotganini bildirib, rasmiy yakuniy hujjat 2018 yil martida Inson huquqlari böyiça kengaşning 37-sessiyasida taqdim etişini ma'lum qildi.
Uning bildirişiça, BMT Din va e'tiqod erkinligi böyiça maxsus ma'ruzaçi bölişi barobarida u nafaqat diniy ta'qib yoki majburlaş masalalari bilan şuğullanadi. Balki bu tuşunça fikr, vijdon, din yoki e'tiqod erkinligi (DEE) keng ma'no kasb etadi.
Ahmad Şahid öz xulosasida dastavval Özbekistondagi ijobiy özgarişlarni e'tirof etadi.
Uning ta'kidlaşiça, mamlakat hukumati özgartişlar kiritiş va xalqaro hamda davlat majburiyatlariga rioya etişga tayyorligini namoyiş etmoqda. Mamlakat parlamentining ikkala palatalari kengaşlari BMT Inson huquqlari böyiça Oliy komissari boşqarmasi bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş böyiça qöşma qaror qabul qildi.
2017 yil iyun oyida Prezident qamoqda uşlaş tartibini qayta körib çiqdi va kamida 16 ming kişini "qora röyxat" öçirişga körsatma berdi. Parlament va fuqarolarga barça huquqni muhofaza qiluvçi organlar faoliyatini nazorat qiliş imkonini beruvçi "Jamoat nazorati töğrisidagi Qonun qabul qilingan.
Butun mamlakat böylab yaqinda taşkil etilgan Prezident Xalq qabulxonalari hukumatning aholi oldida hisob berişini ta'minlaş maqsadiga xizmat qiladi. Ta'kidlanişiça, ayni paytgaça (hisobot tayyorlangan vaqt) 1.200.000 ga yaqin ariza va murojaatlar qabul qilingan, ularning 80 foizga yaqini, Hukumat ma'lumotlariga binoan hal qilingan.

















