Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Energiya resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

ÖzA e'lon qilgan qaror matniga köra, u elektr va gaz ta'minoti tizimini yanada takomillaştiriş, bozor mexanizmlarini keng joriy qiliş orqali energiya resurslaridan oqilona foydalanişni ta'minlaş, şuningdek, mazkur sohada körsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxşilaş maqsadida qabul qilinmoqda.

2018 yil 1 yanvardan ilovaga muvofiq röyxat böyiça mahsulot işlab çiqaruvçi va ayrim xizmatlar körsatuvçi iste'molçilar elektr energiyasi (750 kVAgaça bölgan quvvatga ulangan) va tabiiy gaz uçun tölovlarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan örnatiladigan ösib boruvçi koeffitsiyentlar va tariflarga muvofiq amalga oşiradilar;

750 kVA va undan yuqori bölgan quvvatga ulangan (byudjyet taşkilotlari, fermer xöjaliklari va suv iste'molçilari uyuşmalarining nasos stansiyalari, şuningdek, Davlat byudjyetidan moliyalaştiriladigan nasos stansiyalari bundan mustasno) iste'molçilar elektr energiyasi uçun hisob-kitoblarni ikkinçi guruh tariflar böyiça tölovlarni amalga oşiradigan yuridik şaxslar uçun tarif miqdorida belgilanadigan sutka vaqtlarining tabaqalaştirilgan tarifi böyiça amalga oşiradi.

Bunda yagona elektr energetika tizimining eng katta yuklamali soatlarida (tiğiz payt – belgilangan tartibda örnatilgan ertalabki va keçki “eng katta miqdor”) foydalanilgan elektr energiyasi uçun tölovlar belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda ösuvçi koeffitsiyentni qöllaş orqali, eng kam yuklamali soatlarda esa (tungi payt – sutkaning qoronği vaqti) belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamayuvçi koeffitsiyentni qöllaş orqali va yarim tiğiz paytda (sutkaning yoruğ vaqti) örnatilgan tarif böyiça amalga oşiriladi;

Davlat organlari va muassasalarining bino va inşootlari, şuningdek, köp kvartirali uy-joy fondini loyihalaştiriş, rekonstruksiya qiliş, quriş va foydalanişga topşirişda ularda energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanilganligi yuzasidan şaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi tekşiriladi;

Yakka tartibdagi uy-joy qurilişidan taşqari, barça bino va inşootlarni loyihalaştiriş, rekonstruksiya qiliş va qurişda, issiq suv ta'minoti uçun sertifikatlangan quyoş suv isitgiç qurilmalarini, şuningdek, energiya tejamkor lampalarni majburiy tartibda örnatiş közda tutiladi;

2022 yil 1 yanvardan davlat organlari va taşkilotlari öz balansida bölgan bino va inşootlarda issiq suv ta'minoti uçun faqat sertifikatlangan quyoş suv isitgiç qurilmalari, şuningdek, mamlakatimizda işlab çiqarilgan içki yoritiş energiya tejamkor lampalardan foydalanişi şart, şuningdek, ular markazlaştirilgan issiq suv ta'minotidan uzib qöyiladi.