Bu Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-oktabrdagi 594-son qarorida nazarda tutilgan. Hujjat bilan mutaxassislarni öqitiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlangan.
Kiberxavfsizlik böyiça Özbekistonda tan olinadigan xorijiy sertifikatga ega mutaxassislar sertifikatining amal qiliş muddati davomida malaka oşirişga jalb qilinmaydi. Bunday sertifikatlar röyxati va ularning amal qiliş muddatini Raqamli texnologiyalar vazirligi tasdiqlaydi.
Nizomga köra, öquv kurslarining davomiyligi quyidagiça belgilangan:
malaka oşiriş kurslari - 144 soat;
qayta tayyorlaş kurslari - kamida 576 soat.
Kurslar işdan ajralgan yoki ajralmagan holda, jumladan, masofaviy şaklda taşkil etilişi mumkin. Buyurtmaçi taşkilot söroviga köra, malaka oşiriş maşğulotlarini xodimlarning iş joyida ötkazişga ham ruxsat beriladi.
Öqiş tölov-şartnoma asosida amalga oşiriladi. Xarajatlar xodimni yuborgan taşkilot yoki yuqori turuvçi organning byudjetdan taşqari mablağlari hamda qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan qoplanadi.
Malaka oşiriş kursini tugatib, yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli ötganlarga sertifikat, qayta tayyorlaş kursini muvaffaqiyatli yakunlaganlarga esa diplom beriladi.
Malaka oşiriş böyiça yakuniy imtihondan birinçi marta ötolmagan tinglovçiga natijalar eʼlon qilingan kundan boşlab uç oydan keçiktirmay bir marta qayta topşiriş imkoniyati beriladi. Ikkinçi urinişda ham ötolmaganlarga sertifikat örniga kursda qatnaşganlik töğrisida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
Bunday xodimning vazifasi özgarmagan taqdirda, taşkilot olti oy içida uni qayta öqitişni yoki kiberxavfsizlik vazifalari yuklangan tegişli xodimni kursga yuborişni taʼminlaşi kerak.
Yakuniy imtihon natijasidan norozi bölgan tinglovçilar natijalar eʼlon qilingan vaqtdan boşlab beş iş kuni içida apellyatsiya berişi mumkin.












