
Xitoyda bir yigit 25 ta iPhone X sotib olib, ular yordamida yurak şaklini yasab, sevgan yoriga turmuşga çiqiş taklifini bildirdi. Bu haqda Conectica xabar bermoqda.
Naşrning ma'lum qilişiça, öyinlar dasturçisi bölgan yigit 25 ta iPhone X’ga buyurtma berib, gadjyetlarni ularning Xitoyda sotuvga çiqarilişining ilk kuni – 3 noyabrda olgan.

Söngra yigit belgilangan joyda yerga atirgul yaproqlarini soçib, ular ustida olgan telefonlaridan yurak şaklini yasagan hamda hosil bölgan kompozitsiyaning örtasini uzuk solingan qutiça bilan bezagan.
Yigit bu rejasini amalga oşirişda döstlarini ham jalb qilgan. Aynan ular heç narsadan xabari yöq qizni belgilangan joyga olib kelişgan.











