Özbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan Özbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş jamoat fondi, Özbekiston elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi hamkorligida davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari axborot xizmatlari xodimlari uçun taşkil etilgan seminar-trening turkumi yakunlandi.
60 nafarga yaqin axborot xizmati xodimlari iştirok etgan seminar-treningdan közlangan maqsad davlat tuzilmalarining oçiqligi va fuqarolar oldida hisobdorligini ta'minlaş, fuqarolar manfaatlari va huquqlarini himoya qiliş böyiça yanada samarali faoliyat yuritiş uçun ularning jamoatçilik, ommaviy axborot vositalari bilan işlaş sifati va samaradorligini oşirişga qaratildi.
Bugungi kunda axborot xizmatlarining faoliyati takomillaştirib borilmoqda. Xususan, axborot xizmatlari salohiyatini oşiriş uçun taşkiliy-huquqiy asoslar mustahkamlanib, texnik imkoniyatlar oşirilmoqda. Sönggi paytlarda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joylaştirib kelinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjat va boşqa ma'lumotlar qabul qilinayotgan hujjatlarning sifati, aholining huquqiy madaniyati va ongini oşirişga xizmat qilmoqda.
Özbekiston Respublikasining «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Qonuni normalarining amaliyotga tadbiq etilayotgani aholi, media tuzilmalar, jamoat taşkilotlarining davlat organlari axborot manbalaridan keng foydalaniş imkonini yaratdi.
Seminar-trening doirasida iştirokçilar davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida axborot işining öziga xos jihatlari, matbuot xizmatlarining asosiy maqsad va vazifalari, turli OAV bilan işlaş prinsiplarini muhokama qiliş, press-reliz tayyorlaş qoidalari, matbuot anjumani va brifinglar ötkaziş kabi qator muhim masalalar böyiça nazariy bilimlarga ega böldilar.
Şuningdek, ularga amaliy maşğulotlar taşkil etiş, medialoyihalar tayyorlaş, Özbekiston Respublikasini yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasidan kelib çiqadigan vazifalarni amalga oşirişda axboriy-siyosiy texnologiyalarni qöllaş, axborot xizmatlari faoliyatini taşkil qilişga doir qonunçilik şarhi, axborot xizmatlari tomonidan jamoatçilik va OAV vakillari uçun tadbirlar taşkil etişning samarali uslublari, taşkilot tomonidan körsatilayotgan elektron davlat xizmatlari va ularning tarğibotiga doir dolzarb masalalar, axborot xizmatlari faoliyatida internet va multimediyaviy texnologiyalarni qöllaş va boşqa bir qator masalalar böyiça zarur ma'lumotlar berildi.
Tadbir yakuni böyiça test imtihonlaridan muvaffaqiyatli ötgan iştirokçilarga taşkilotçilarning maxsus diplomlari topşirildi.
Davlat taşkilotlari axborot xizmatlariga seminar-treningda OAV bilan işlaş prinsiplari böyiça bilimlar berildi












