Al-Qudsning maqomi böyiça istalgan notöğri qadam butun islom dunyosining salbiy munosabatiga uçraydi, tinçlik asoslariga putur yetkazadi, keskinlikning oşişiga olib keladi, mintaqada yangi ixtiloflar keltirib çiqaradi. Bunday fikrni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan Anqarada uçraşgandan keyin berilgan matbuot anjumanda aytib ötdi.
Erdöğan AQŞning Isroildagi elçixonasining Tel-Avivdan Al-Qudsga köçirilişi va Al-Qudsning Isroil poytaxti deb e'lon qilinişi böyiça rejalarini qoraladi.
Erdöğan jahon hamjamiyatini muqaddas şaharning huquqiy maqomining özgarişiga olib keluvçi istalgan qadamlardan saqlanişga çaqirdi. “Heç kim öz manfaati uçun milliardlab odamlar taqdiri bilan öynaşişga haqli emas. Bunday qaror terrorçilik taşkilotlariga faqatgina qöl keladi”, deb aytgan Erdöğan.
Uning aytişiça, tarixiy voqeliklarning e'tiborga olinmasligi barbodlikka duçor böladi. “Mintaqadagi barqarorlik, tinçlik va xavfsizlik ba'zi siyosatçilar manfaatlaridan ustunroqdir”, deb ta'kidlab ötdi Turkiya rahbari.
“Islom hamkorligi taşkilotining amaldagi raisi va Turkiya prezidenti sifatida AQŞni mintaqada alğov-dalğovlikka olib keluvçi qadamdan voz keçişga, Isroilni esa mintaqada tinçlik va barqarorlikni ta'minlaşga hissa qöşadigan siyosatga amal qilişga çaqiraman”, deb qöşimça qilgan Erdöğan.
Erdöğanning ta'kidlaşiça, BMT rezolyutsiyalari bilan tasdiqlangan falastinliklar huquqlarini inkor etuvçi har bir qadam turli dinlar vakillarining birgalikda tinç-totuv yaşaşiga zarba beradi.
Erdöğanning aytişiça, 1967 yildagi çegaralarga ega, poytaxti Al-Qudsda bölgan mustaqil Falastin davlati yaratilişi mintaqada tinçlik va xavfsizlikning garovi hisoblanadi.
Öz navbatida, Iordaniya qiroli Falastin-Isroil ixtilofini hal qilişning yagona yöli “ikki xalq uçun ikki davlat” tamoyili hisoblanişini aytdi. Uning ta'kidlaşiça, istalgan tinçlik sulhi butun Yaqin Şarq uçun farovonlik keltiradi. “Al-Qudsdagi Al-Aqso masjidi Iordaniya uçun katta ahamiyatga ega. Bu şahar musulmonlar uçun ham, nasroniylar uçun ham muqaddas joydir”, deb aytgan Abdulloh II.












