14 dekabr kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida Davlat statistika qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi vakillari iştirokida “Özbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi: tendensiyalar, muammolar va istiqbollar” mavzusi muhokama qilindi. Unda qatnaşgan Iqtisodiyot vaziri örinbosari Mubin Mirzayev statistika ma'lumotlarini e'lon qiliş va ularni tahlil qiliş borasidagi ayrim muammolarga ham töxtaldi.
“Biz iqtisodçilar oldida har doim nima uçun bizda yaxşi iqtisodçi talabalar, yaxşi iqtisodçi mutaxassislar yetişib çiqmayapti, degan savol turadi. Aytiş kerakki, respublikada eng zör iqtisodçilar bor va ular butun dunyo böylab turli xorijiy davlatlarda işlayapti. Faqat muammo nimada? Muammo şundaki, öşa iqtisodçilarimiz statistik ma'lumotlar yöqligi, özlariga kerakli axborotlarni oliş imkoniyati yöqligi uçun tahlil qila olmaydi va yetuk ekspert sifatidagi fikrini ayta olmaydi. Mana şu narsa bizning eng katta muammomizdir.

Agar biz statistik ma'lumotlarni bevosita OAVda e'lon qilsak, veb-saytga joylaştirişni yölga qöysak, dunyoning turli burçaklaridagi iqtisodçilarimiz ma'lumotlarni tahlil qilib, öz fikrlarini bera olişadi. Iqtisodiyot vazirligi ham statistik ma'lumotlardan foydalanuvçi sifatida uşbu ma'lumotlarni öz vaqtida va sifatli ola bilsa, iqtisodiyotni rivojlantiriş uçun barça tahliliy işlarni amalga oşiriş imkoniga ega böladi.
Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilinib, Davlat statistika qömitasi boşçiligida işçi guruh tuzildi. Uning vazifasi statistik ma'lumotlar bilan boğliq barça normativ hujjatlarni qayta körib çiqib, takomillaştirib, ularni investorlarga, ilmiy işlar bilan şuğullanuvçilarga yetkaziş masalalari bilan şuğullanişdir.
Şu örinda bizning oldimizda turgan yana bir muammolardan biri, YaIMni hisoblaşda pul-kredit statistikasi bölişi kerak. Uni oçiq-oydin e'lon qila olmayapmiz. Tölov balansi, eksport-import amaliyotlarini bajarişda ularning hajmi qanday, bularga doir ma'lumotlarni ham oşkora e'lon qila olmayapmiz.

Davlat taşqi qarziga doir ma'lumotlar, qarz miqdori oşayaptimi, tuşayaptimi, davlat byudjyeti daromadi va xarajatlariga tegişli ma'lumotlarni e'lon qilişda qiynalayapmiz. Mana şu yuqorida qayd etganlarim ma'lumotlar bölmasa, YaIM miqdorini aniq ayta olmaymiz”, - dedi Mubin Mirzayev.












