Milliy statistika qömitasi 2026-yil oktabr oyi uçun hududlar kesimida bir kilogramm palov tayyorlaşga ketadigan mahsulotlar qiymatini eʼlon qildi.
Maʼlumotlarga köra, palov tayyorlaş eng qimmat hudud Toşkent şahri bölib, bu yerda mahsulotlar qiymati 134 146 sömni taşkil etgan.
Keyingi örinlarda Farğona viloyati (130 411 söm), Toşkent viloyati (127 769 söm) va Samarqand viloyati (126 747 söm) joylaşgan.
Eng arzon körsatkiç Qoraqalpoğiston Respublikasida qayd etilgan - 113 356 söm. Şuningdek, Sirdaryo viloyatida 118 194 söm, Andijon viloyatida 119 239 sömni taşkil qilgan.
Hududlar böyiça bir kilogramm palov tayyorlaş qiymati:
Toşkent şahri - 134 146 söm;
Farğona viloyati - 130 411 söm;
Toşkent viloyati - 127 769 söm;
Samarqand viloyati - 126 747 söm;
Qaşqadaryo viloyati - 125 760 söm;
Surxondaryo viloyati - 125 231 söm;
Buxoro viloyati - 124 523 söm;
Navoiy viloyati - 123 925 söm;
Xorazm viloyati - 123 885 söm;
Jizzax viloyati - 122 467 söm;
Namangan viloyati - 122 459 söm;
Andijon viloyati - 119 239 söm;
Sirdaryo viloyati - 118 194 söm;
Qoraqalpoğiston Respublikasi - 113 356 söm.
Şunday qilib, eng qimmat va eng arzon hudud örtasidagi farq 20 790 sömni taşkil etgan.
Hisob-kitobda 1 kilogramm lazer guruçi, 700 gramm mol göşti, 1 kilogramm sabzi, 300 gramm piyoz, 0,3 litr kungaboqar yoği, 100 gramm nöxat, 10 gramm zira va 20 gramm tuz narxi inobatga olingan.









