Isroil parlamenti seşanba kuni Al-Quds şahrini Falastin tomonidan nazorat etişda vaziyatni qiyinlaştirib yuboruvçi qonun loyihasini qabul qildi. Şuning bilan Falastin davlatçiligini tuziş borasidagi muzokaralar ham murakkablaşib borişiga işora qilinmoqda.

Reuters agentligining xabar berişiça, 120 ta öringa ega​ Knessetning a'zolaridan 80 nafari Al-Quds şahrining bir qismini «xorijiy partiyaga» taqdim etiş haqidagi qonunning qabul qilinişiga rozi bölgan. Bu sözlar zamirida şahar nazoratini amalga oşiruvçi mahalliy organni aniqlaş imkoniyati borligi yotmoqda. 

Ayni qonun loyihasi bilan Isroil uzoq yil davom etib kelayotgan siyosiy muzokaralarga nuqta qöyişi mumkinligini bildirmoqda. Ya'ni, 1967 yil Şarqiy Al-Quds şahri Isroil politsiyasi tomonidan anneksiya qilinganidan söng, jahon hamjamiyati uşbu harakatlarning noqonuniy ekanini e'tirof etgandi. Arab-Isroil mojarosida Al-Quds şahrining xalqaro betaraflik maqomi muhim ahamiyatga ega. Afsuski, Knesset a'zolari bu omilni yöqqa çiqarişga urinişi besamar ketmayapti.

Eslatib ötamiz, 2017 yil 6 dekabr kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Al-Quds şahrini Isroil poytaxti, deb tan olgandi. BMT Boş Assambleyasida esa AQŞ uşbu qarori qattiq tanqid qilindi.