BMT Isroil hukumati uşbu mamlakat bosqinçiligi bilan kuraş uçun xalqaro mukofotga loyiq topilgan 16 yoşli falastinlik Ahad at-Temimiyning işini harbiy sudda körib çiqmoqçi ekanidan taşvişda. Bu haqda «Anadolu» xabar berdi.
«Odamlarning huquqini hurmat qiliş kerak. Biz bolalar qölga olinganidan juda taşvişdamiz hamda uşbu masala böyiça pozitsiyamizni bildirdik», - deya aytib ötdi BMT matbuot kotibi Stefan Dyujarrik.
Isroillik harbiylar falastinlik 16 yoşli qiz Ahad at-Temimiy va uning onasi Narimonni 19 dekabr kuni qölga olişdi, bir kun ötib amakisining qizi Nur uşlandi. Avvalroq, Isroil harbiy sudi Ahad at-Temimiy, uning onasi va amakisining qizini hibsda saqlaş muddatini yana tört kunga uzaytirdi.
2012 yilda Ahad Istanbulda, akasi qölga olinganidan söng isroillik harbiylar bilan kuraşi uçun «Xanzala» mukofoti bilan taqdirlangandi. Qiz öşa paytda Turkiya boş vaziri bölgan Rajab Toyyib Erdöğan bilan ham uçraşgan.












