Biatlon böyiça 8 karra Olimpiada çempioni Ule Eynar Borndalen Norvegiya terma jamoasining Pxyonçxan-2018 musobaqasiga boradigan tarkibiga kiritilmadi.
Dastlab, Norvegiya Milliy olimpiya qömitasi (NOQ) Borndalenning terma jamoa safiga kiritilmaganiga qarşi edi, ammo, keyinçalik bu qarorni qabul qildi.
Pxyonçxan-2018 Borndalen uçun yettinçi Olimpiada bölişi mumkin edi. U birinçi marta Lillexammer-1994 Olimpiadasida iştirok etgan.
Joriy mavsumda sportçi Jahon kubogi bosqiçlarining 8ta şaxsiy poygasida iştirok etib, 18, 31, 18, 28, 46, 52, 46 va 42-örinlarni egalladi va Olimpiada saralaşidan ötolmadi.
Norvegiya terma jamoasining Pxyonçxan-2018 uçun tarkibi
Erkaklar
Lars Xelge Birkeland
Erlend Bontegord
Tarey Bo
Yoxannes Bo
Xenrik L’Abe Lunn
Emil Xegle Svensen
Ayollar
Marte Ulsbyu
Syunneve Sulemdal
Ingrid Lanmark Tandrevold











