Biatlon böyiça 8 karra Olimpiada çempioni, norvegiyalik Ule Eynar Borndalen Pxyonçxan Olimipadasi yöllanmasidan quruq oldi.

Bugun, Rupoldingda, Jahon kubogi 5-bosqiçi doirasida ötkazilgan 20 km masofa şaxsiy poygada, sportçi 42-örinni egalladi va yakşanba kuni ötkaziladigan umumiy start poygasida iştirok etiş huquqini qölga kiritolmadi. Natijada, Borndalen Olimpiada-2018 saralaş şartlarini bajariş imkoniyatidan mahrum böldi.

43 yoşli norvegiyalik biatlonçi, saralaş şartlariga köra, Jahon kubogidagi şaxsiy poygalarning birida kamida 6-örinni egallaşi yoki ikki marta top-12ga kirişi kerak edi. Ammo Borndalenning eng yaxşi natijasi - Estersundda ötgan bosqiçdagi 18-örin böldi.

Norvegiya biatlon terma jamoasining Olimpiada-2018 uçun kengaytirilgan tarkibi 15 yanvardan söng tuziladi. Ammo afsonaviy sportçi unga kiritilmaydi.