Toronto politsiyasi 2017 yil 15 dekabrda öz uylarida ölik holda topilgan, Apotex farmatsevtik korporatsiyasi asosçisi, milliarder Barri Şerman va uning rafiqasi Xani öldirilgan, deb hisoblamoqda. Bu haqda detektiv Syuzan Gomes 26 yanvarda matbuot anjumanda aytib ötdi.  

“Bizda tergovni ikki kişining öldirilgani sifatida tasniflaş uçun yetarliça isbotlar mavjud”, deb aytgan Gomes.

Milliarder va uning rafiqasi Torontodagi uylarida ölik holda topilganlar. Keyinroq ularning ikkalovida ham böğiş alomatlari aniqlangan.

Şerman Apotex’ga 1974 yil asos solgan. Kompaniya dori vositalari işlab çiqaradi va ularni 115 dan köproq davlatga eksport qiladi. Noyabrda Canadian Business Şermanni Kanadaning eng badavlat odamlari röyxatiga kiritgandi. SVS telekanalining ta'kidlaşiça, er-xotin faol tarzda xayriya faoliyati olib borgan.