Şvetsiyaning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan H&M musulmonlardan kelib tuşgan köp sonli şikoyatlar asosida bolalar paypoqlarini dökon rastalaridan qaytarib olmoqda. E'tiborli xaridorlar bu paypoqlardagi naqşlar arab tilidagi "Alloh" söziga öxşaşini aytib, şikoyat qilişgan. Britaniyaning Daily Mirror gazetasi şu haqida xabar berdi. 

Manbada keltirilişiça, paypoqlarda Lego konstruktoridan yasalgan, qölida quriliş asbobini  uşlab turgan quruvçi tasvirlangan. Uning uçidan esa "şubhali" naqş körinib turibdi. 

H&M kompaniyasi rasmiy vakili Petr Buşingerning ta'kidlanişiça, bu mutlaqo tasodif. "Paypoqlardagi surat arab tilidagi "Alloh" söziga öxşaşi mutlaqo tasodif, - deydi u. - Biroq mijozlarimizning şikoyatlari sabab bu tovarni sotuvdan olişga qaror qildik".

Ta'kidlaş joizki, bu şved kompaniyasining sönggi vaqtlarda duç kelayotgan birinçi mojarosi emas. Şu oyning boşida "Junglidagi eng zör maymun" ("Coolest Monkey In The Jungle") yozuvi tuşirilgan sviter kiygan qora tanli bolaning reklama surati juda köp bahs-munozaralarga sabab bölgandi. Afrikalik kelib çiqişga ega aksariyat kişilar mazkur kontekstda maymunning tilga olinişini irqçilik körinişi deya baholaşdi. Oxir-oqibat kompaniya uşbu reklama plakatidan voz keçdi va jamoatçilikdan uzr söradi.