H&M kiyimlar brendi öz saytidagi yangi surat tufayli irqçilikda ayblandi. Unda qora tanli bolakay "Junglidagi eng zör maymun" yozuvi tuşirilgan yangi xudida tasvirlangan. Bir sutkaning özida basketbolçi Lebron Jyeyms, The Weeknd musiqaçisi va futbolçi Romelu Lukaku kompaniya bilan hamkorlikda voz keçişdi. 

Aslida nima bölgandi?

8 yanvar kuni H&M saytida "Junglidagi eng zör maymun" yozuvi tuşirilgan yaşil xudi joylandi. Tvitter foydalanuvçilari noroziligiga yozuvning özi emas, kiyimni qora tanli bola reklama qilgani sabab böldi. Ular bu hodisani irqçilik deb ataşdi va oq tanli bolalarning jirafalar hamda yölbarslar tasviri tuşirilgan kiyimlarni reklama qilganiga e'tibor qaratişdi.

"Bu juda örinsiz hodisa, haqorat va irqçilikning körinişidir. Nima uçun oq tanli bola "Junglida omon qolgan"u, qora tanli bola "Junglidagi eng zör maymun" bölar ekan? Buni normal holat deb hisoblaysizmi? Olib taşlang buni. Bu mutlaqo aqlga siğmaydi!"

"2018 yilda biror brend yoki art-direktor bu qadar noprofessional va loqayd bölişi mumkin emas. Oq tanli bolalarning egnidagi sviterlarga bir qarang. Biz yaxşiroq bölişimiz kerak".