Uzoq umr köriş milliy tadqiqot markazi bir tomçi qondan Altsgeymer kasalligini taşxislaş usulini işlab çiqişdi. Taşkilot xabarida şu haqida ma'lum qilindi.
Yangi usul asosida beta-ameloidlar (kasallik rivojining asosiy sabablaridan biri hisoblanuvçi peptid)ga boğliq moddalarning ajralib çiqişi, massasiga qarab farqlanuvçi molekulalarni ajratiş orqali ularning nisbatini taqqoslaş yotadi. Bu miyada ortiqça töplanib qolgan beta-ameloidlarning bor yoki yöqligini aniqlaş imkonini beradi. Olimlarning ta'kidlaşiça, bunday tahlil uçun 0,5 ml qon yetarli.
Olimlar Yaponiya va Avstraliyada istiqomat qiluvçi 230 nafar bermorni közdan keçiriş asosida, öz xulosalarini tasdiqlaşdi. Tadqiqot 60 yoşdan 90 yoşgaça bölgan bemorlar örtasida ötkazilgan. Qon tahlili böyiça qöyilgan taşxis 90 foiz holatda Altsgeymer kasalligini aniqlaşning umume'tirof etilgan usullari orqali qöyilgan taşxislarga muvofiq kelgan.
"Biz dementsiya rivoji taxmin qilingan keksa yoşli kişilarni tekşiriş davomida yangi usulni kengroq qöllamoqçimiz", - dedi tadqiqot markazi rahbari Katsuxiko Yanagisava.
Dementsiya - xotira, fikrlaş va xatti-harakatlarida degradatsiya kuzatiluvçi sindrom. Kasallik asosan keksa yoşli kişilarda qayd etiladi, biroq qarişning normal holati hisoblanmaydi. Altsgeymer kasalligi dementsiyaning eng keng tarqalgan şakli bölib, dementsiyaning 60-70 foizi uning zimmasiga töğri keladi.
Kasallik aniqlangandan keyin bemor, qoidaga köra, örtaça 7-10 yil yaşaydi. Bugungi kunda dunyoning 50 million aholisi Altsgeymerdan aziyat çekadi, ularning soni yil sayin oşib bormoqda va ba'zi taxminlarga köra, 2050 yilga borib 131 millionga yetişi mumkin.












