Yoş ötişi bilan erkaklarda miya hajmi ayollarga qaraganda kuçliroq va köproq sohalarda kamayadi. Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida çop etilgan va yaqinda ötkazilgan tadqiqot natijalari şuni körsatdi.
Bu esa erkaklar ayollarga qaraganda tezroq qarişini, umr köriş davomiyligi ham qisqaroq bölişini anglatadi.

Şunga qaramay, ayollarda Alsgeymer kasalligi erkaklarga qaraganda deyarli ikki baravar köp taşxis qöyiladi va bunda keksalik asosiy xavf omillaridan biri sifatida qaralgan edi. Yangi tadqiqot buning şubhali ekanini, kasallik köproq boşqa omillarga boğliqligini körsatmoqda.
Yangi tadqiqot doirasida mutaxassislar 4726 kişining 12500 dan ortiq miya tasvirlarini magnit-rezonans tomografiya (MRT) yordamida tahlil qildi. Har bir iştirokçiga örtaça uç yillik oraliq bilan olingan kamida ikkita surat töğri keldi.
Umuman olganda, erkaklarda ayollarga qaraganda miyaning köproq sohalarida hajmning sezilarli darajada kamayişi kuzatildi. Masalan, taktil, oğriq va harorat sezgilarini qayta işlaş, şuningdek, tananing öz holati va harakatlari uçun mas’ul bölgan postmarkaziy pöstloq ularda yiliga 2,0 foizga, ayollarda esa 1,2 foizga qisqargan.












