Butunjahon boks superseriyasining (WBSS) yarimfinalida rossiyalik Murat Gassiyevga yutqazib qöygan kubalik boksçi Yuniyer Dortikos jangdan keyingi matbuot anjuman vaqtida mağlubiyatga uçraganidan xörligi kelib yiğlab yubordi.
  
4 fevralga ötar keçasi Soçida birinçi oğir vaznda IBF va WBA çempionlik kamarlari uçun keçgan jangda Gassiyev Dortikosni jangning oxirgi 12-raundida nokautga uçrata oldi. 

Şu tariqa Gassiyev superseriyaning finaliga çiqa oldi va endi yakuniy bosqiçda 11 may kuni Saudiya Arabistonida WBC va WBO versiyalari böyiça jahon çempioni, ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang qiladi.

“Men juda xafaman, men yutişni istagandim, biroq buning uddasidan çiqa olmadim. Men Mayami, Kuba va bu yerdagi köpçilikni ranjitganimni his qilmoqdaman”, deb zörğa gapirgan Dortikos. Matbuot anjumanda iştirok etgan Gassiyev şundan keyin örnidan turib, Dortikosga dalda bergan. 
 
31 yoşli kubalik uçun bu mağlubiyat faoliyatidagi 22 ta ğalabadan keyin birinçi mağlubiyat böldi. 24 yoşli Gassiyev esa biror marta yutqazmagan holda, 26-ğalabasini qölga kiritdi.

Gassiyev matbuot anjumandan keyin Dortikosga açinib, uning yeçiniş xonasiga kelib, özining IBF kamariga qöşimça ravişda qölga kiritgan WBA kamarini kubalikka qaytarib bergan.