Rossiyalik boksçi Murat Gassiyev vatandoşi Denis Lebedevga qarşi IBF tasnifida  jahon çempionligi uçun ringga kötarildi, deb xabar qilmoqda "R-Sport". U raqibidan ustun kelib,  IBF tasnifining ilk oğir vaznida jahon kamarining yangi sohibiga aylandi. 

Jang 3 dekabr kuni Moskvada bölib ötdi. 37 yoşli Lebedev, şunindek, WBA (Super) unvoniga ham ega. Ammo Gassiyev bilan jangda, Murat faqatgina IBF böyiça da'vogar bölgani sababli, bu kamar uçun kuraş bormagan. 

Denis Lebedev özining professional faoliyati davomida 29 marta ğalaba qozongan, şundan 22 tasi nokautdir. Uç marta mağlubiyat alamini tortgan. 23 yoşli Gassiyev esa 24-marta ğalaba qozondi. U 17 bor raqiblarini nokautga uçratib, ğalaba naşidasini surgan.