Mobil telefonning ölçamlaridan undan bir qöl bilan foydalanişdagi qulaylikdan tortib ekran diagonaligaça deyarli barça narsa boğliq. DeviceAtlas tahlilçilari 2017 yilda qanday ölçamdagi displeyli smartfonlar eng xaridorgir bölganini aniqlaşdi. 

Buning uçun mutaxassislar biror davlatda bir yil içida sotilgan barça mobil qurilmalar içidan muayyan diagonalli ekranga egalari miqdorini aniqlaşdi.

Aniqlanişiça, dunyoda 5,5 dyuymli ekranga ega smartfonlar eng xaridorgir ekan. Bunday smartfonlar hissasiga Hindiston, Malayziya va Nigeriyada sotilgan barça mobil qurilmalarning 25 foizi, AQŞ, Misr va Avstraliyada 20 foizi, Yaponiya, Şvetsiya, Argentina va Ispaniyada 15 foizi töğri kelar ekan.

2-örinni 4 dyuymli displeylarga ega qurilmalar egalladi. Tahlilçilarning ta'kidlaşiça, bunday smartfonlar uluşiga Janubiy Afrika, Kanada va Buyuk Britaniyada sotilgan barça mobil qurilmalarning 16 foizdan köproği töğri keladi. Şuningdek, Kolumbiya, Avstraliya, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Şvetsiya va AQŞda sotilgan har öninçi smartfon 4 dyuymli diagonalli ekranga ega.

Aniqlanişiça, 5,7 dyuymli displeyli smartfonlarga bozorda talab eng kam ekan, biroq ularga sekin-asta xaridorlar qiziqişi ortmoqda. Malayziyada 12 foizdan köproq, Rossiya va Misrda 7 foizdan köproq, AQŞ, Nigeriya, Avstraliya, Şvetsiya va Kanadada 4 foizdan köproq, Buyuk Britaniya va Italiyada 3 foizdan köproq xaridorlar bunday ölçamdagi smartfonlarni xarid qilişgan.