Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max modellarini taqdim etdi.
Smartfonlar tört xil rangda: kumuşrang, töq kulrang, oç kök va Apple uçun mutlaqo yangi bölgan, kompaniya «Dark Cherry» deb ataydigan olça rangida çiqariladi. Bu rang iPhone 17 Prödagi «Cosmic Orange» rangining örnini egallaydi.
Olça rang (burgundi) yangi turkumning asosiy flagman rangi böladi.
Yangi Pro modellarining asosiy xususiyatlari
- A20 Pro çipi.
- iPhone tarixidagi «eng katta siğimli akkumulyator».
- Özgaruvçan diafragmali kamera.
- Törtta rang: olça, kumuş, qora va kulrang.
iPhone 18 Prödagi yangi avlod 2 nm protsessorlari
- 6 yadroli markaziy protsessor (CPU)
- 7 yadroli grafik protsessor (GPU) – A19 Pro çipidan 40% tezroq.
- Sunʼiy intellekt vazifalari uçun 32 yadroli Neural Engine.
- Tezkor xotiraning ötkazuvçanlik qobiliyati 50% ga oşdi.
- Tezkor xotira çipning öziga integratsiyalangan.

Avtonomlik sezilarli darajada oşirildi
- iPhone 18 Pro endi 17 Pro Max kabi, yaʼni 36 soatgaça quvvatini saqlay oladi.
- iPhone 18 Pro Max esa yanada uzoqroq – 45 soatgaça işlaydi.
- Quvvatlaş tezligi ham oşdi: 15 daqiqada 50% ga quvvatlanadi yoki 5 daqiqalik quvvat bilan 6 soat video tomoşa qiliş mumkin.

iPhone 18 Pro kamerasi özgaruvçan diafragmaga ega böldi
Apple bu «sönggi yillardagi eng yirik kamera yangilanişi» ekanini aytmoqda. iPhone 18 Pro va Pro Maxʼning asosiy kamerasi 48 megapikselli sensor va oltita yupqa parrakçali özgaruvçan diafragma mexanizmi bilan jihozlandi.




















