Bred Pitt va Leonardo DiKaprio Kventin Tarantinoning yangi filmida boş rollarni ijro etadi. Bu haqda Variety Sony Pictures’ga asosan xabar bermoqda.
Film «Hollivudda bir paytlar» nomini oldi. Kartina voqealari 1969 yilda keçadi, syujyet esa seriyali qotil Çarlz Mensonning sektasi va rejissyor Roman Polanski rafiqasi Şeron Teytning öldirilişi atrofida quriladi.
DiKaprio teleserial sobiq aktyori Rik Dalton obrazini yaratsa, Pitt – uning kaskadyori Kliff Butni. Har ikki qahramon öz örnini topa olmaydi va Hollivudni tanimaydi. Syujyetga köra, Teyt Daltonning qöşnisi böladi.
Tarantinoning tan olişiça, yangi film ssenariysini beş yil davomida yozgan.
«Men Los-Anjyeles va endi yöq bölgan Hollivud haqida bu hikoyani aytib berişdan juda xursandman. DiKaprio va Pitt jamoaning bir qismiga aylangani hamda Rik va Kliffni öynaşidan behad mamnunman», - deya ma'lum qildi rejissyor.
Film 2019 yilning 9 avgust kuni – Şeron Teyt Mensonning sektasi a'zolari tomonidan öldirilganidan roppa-rosa 50 yil ötib ekranlarga çiqadi.












