Anjyelina Joli va Bred Pitt rasman ajraşişdi, deb xabar bermoqda The Blast portali.

Sud 12 aprel kuni ajraşganlik maqomini tiklaş böyiça aktyorlarning murojaatini ma'qulladi. Şu bilan birga, uşbu qaror sobiq er-xotinga bir neça oyga çözilişi mumkin bölgan, bolalar ustidan vasiylik va mol-mulkni taqsimlaş töğrisidagi bitim yuzasidan işlaşga imkon beradi.

Naşr manbalari ma'lumotiga köra, Joli va Pitt uç yildan beri davom etayotgan ajraşiş jarayonini kelişuvga erişişdan avval ruhan çarçaşgani tufayli yakunlaşga qaror qilişdi.

Gollivudlik aktyorlar 2014 yilda oila qurgan, töy Fransiyadagi ularga tegişli Miraval qal'asida bölib ötgan. Ular uç nafar farzand körişdi, şuningdek, uç farzandni asrab olişdi.