Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQŞ va Rossiya örtasida yangi qurollaniş poygasi nega boşlanganini aytib ötdi. 

Uning NBC’ga intervyuda ma'lum qilişiça, bu Vaşingtonning raketalarga qarşi mudofaa haqidagi kelişuvdan çiqişi tufayli yuz berdi.

«Agarda siz qurollaniş poygasi haqida gapirayotgan bölsangiz, unda u AQŞ raketalarga qarşi mudofaa böyiça kelişuvdan çiqqani tufayli boşlandi», - deya ma'lum qilgan Putin.

Şu bilan birga, Rossiya yetakçisining qöşimça qilişiça, sovuq uruş haqidagi gapirayotgan odamlar ekspertlar emas, balki tarğibotçilardir.

«Mening fikrimça, yangi sovuq uruş boşlangani haqida ma'lum qilayotganlar, tahlilçilar emas – ular tarğibot bilan şuğullanişmoqda», - deya qöşimça qildi u.