Focus2move tahliliy agentligi mutaxassislari 2017 yil natijalariga köra eng muvaffaqiyatli avtomobilsozlik korxonalari reytingini tuzişdi.
Reytingda eng yuqori poğonani Volkswagen Group konserni egalladi. Ötgan yil davomida kompaniya 10,4 mln ta maşina sotgan, bu esa 2016 yilgi körsatkiçlarga nisbatan 3,5 foiz köproq bölgan.
2-örinni Yaponiyaning Toyota Motor korporatsiyasi egallagan, u 2017 yilda 10,2 mln ta maşina sotişga muvaffaq bölgan.
Yetakçi uçlikdan 10 mlntadan sal köproq maşina sota olgan Renault-Nissan alyansi egallagan.
Eng muvaffaqiyatli avtomobilsozlik kompaniyalari beştaligiga Hyundai-Kia (7,2 mlnta maşina) va General Motors (6,8 mlnta maşina) ham kirgan.









