Germaniyaning Volkswagen Group tarkibiga kiruvçi Audi kompaniyasi Audi e-tron Sportback elektrokarining kontseptini namoyiş etdi. Uning taqdimoti Şanxay xalqaro avtokörgazmasida bölib ötdi. 

«Audi e-tron 2018 yildan işlab çiqiladi. Bu har kunlik foydalanişga juda qulay bölgan ilk elektromobildir», — degan kompaniya boşqaruvi raisi Rupert Ştadler (Rupert Stadler). Maşina bir marta quvvatlaniş bilan 500 kilometrgaça yura oladi. 

«2019 yilda Audi e-tron Sportback seriyali tarzda işlab çiqariş boşlanadi», — deb qöşimça qilgan kompaniya vakili. 

Audi — Volkswagen Group tarkibiga kiruvçi kompaniya bölib, 1932 yilda asos solingan. Hozirda, uning boş qarorgohi Germaniyaning Ingolştadt şahrida joylaşgan.