«Liverpul»ning sobiq futbolçisi, ayni vaqtda Sky Sports telekanalida ekspert sifatida işlab kelgan Jyeymi Karrager «Mançester Yunayted» fanati va uning 14 yoşli qizi bilan sodir bölgan hodisa tufayli işdan böşatildi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatdi.

10 mart kuni ötkazilgan «MYu» — «Liverpul» (2:1) öyinidan keyin mankunianliklar jamoasi muxlisi avtomaşinasida Karragerning avtomobilini yoniga kelib, unga hayqira boşlaşgan: «Jyeymi, 2:1». Bunga javoban Karrager oynani oçgan va yondagi maşinaga qarata tupurgan. Fanatning sözlariga köra, Karragerning tupugi uning 14 yoşli qizi yuziga tekkan.

Karrager keyinroq muxlis va uning qizidan uzr söradi. U voqeaninng juda xunuk ekanini e'tirof etgan holda, jonli efirda «jabrlangan» oilaga qönğiroq qildi. 

«Men bu işni qilişim kerak emas edi. Bir narsa ikki-uç marta takrorlangandan keyin, özimda emas edim. Aqlimni yöqotib qöydim. Sizlardan uzr sörayman, öylaymanki, muammo yöq», – dedi jonli efirda oila bilan aloqaga çiqqan Jyeymi Karrager. 

Qiz Karragerning uzrini qabul qildi, ammo Sky Sports rahbariyati «Liverpul»ning sobiq futbolçisini keçirmadi.

Eslatib ötamiz, Jyeymi Karrager «Liverpul» tarbiyalanuvçisi va afsonasi hisoblanadi. U 17 yil davomida klub şarafini himoya qilib, 500dan ortiq öyinlarda maydonga tuşgan. 

Angliya Premer Ligasi 30-tur doirasida «Liverpul» şanba kuni aşaddiy raqibi «Mançester Yunayted» mehmoni bölgan va 1:2 hisobida mağlubiyatga uçragandi. Öşa öyinni Karrager studiyada turib, tahlil qilgan va özining tan olişiça, kayfiyati juda tuşib ketgandi.