«Liverpul»ning sobiq himoyaçisi Jyeymi Karrager «Liverpul» va «Çelsi» jamoalari kuraş olib borayotgan «Sauthempton» futbolçisi Virgil van Deyk bilan boğliq vaziyat xususida fikrlarini bildirib ötdi.
Şu kunlarda 26 yoşli niderlandiyalik himoyaçi «Sauthempton»ga özini transferga qöyişni sörab rasman murojaat qilgan.
«Keyingi 10 yil «Çelsi» uçun «Liverpul»ga qaraganda muvaffaqiyatli ötdi. Ular amaldagi çempionlar, Londonga ötiş yaxşiroq variant körinadi, hozirda «Çelsi» «Liverpul»dan yaxşiroq.
Ammo men uning örnida bölganimda «Çelsi»ning 3 himoyaçi bilan öyinni qanday qurişiga e'tibor qaratgan bölardim. Nazarimda uning örni markaziy himoyada, London jamoasida esa bu örinni David Luiz band etgan. Men ulardan biri markazda emas, qanotda öynay olişi mumkinligini tasavvur qila olmayman.
Öylaymanki, «Liverpul»ga ötsa van Deyk jamoaga yana sovrinlar uçun kuraşişda yordam berişi mumkin böladi. Odamlar premer-liga haqida gapirişadi, ammo keyingi 10–12 yilda «Liverpul» faqat bitta sovrin oldi. Bu bilan faxrlanib bölmaydi», — degan Karrager.
«Çelsi» van Deyk uçun 50 million funt taklif qilmoqda. Ammo jamoa bu futbolçisini qöyib yuborişni istamayapti.
Avvaliga van Deyk «Liverpul»ga ötişni istayotgandi, bu jamoa ham uning uçun 50 million funt tölaşga tayyor. Ammo «Sauthempton» «Liverpul»ni klubni aylanib ötgan holda köp muddatli şartnomaga ega futbolçi bilan muzokara ötkazişda ayblab çiqdi va şundan keyin uşbu transfer jarayoni töxtab qoldi.
Futbolçining özi klubdan ketişni qattiq istamoqda.












