Ötgan haftada Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan respublikaning barça hududlariga töğridan-töğri boğlangan holda turli fanlar böyiça olib boriladigan akademik soatlar taşkil etiş yölga qöyilgani haqida xabar berilgan edi.

Köpçilik talabalarining talablariga binoan mazkur tajriba bu haftada ham davom ettirildi. 16 mart kuni soat 10.30da Özbekiston Milliy universitetining Matematika fakulteti Matematik analiz kafedrasi mudiri, matematika fanlari doktori, professor, Özbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Azimboy Sadullayev Kompleks özgaruvçilar nazariyasi fanidan şunday dars «Kompleks analizda elementar funksiyalar» mavzuida ötkazildi (Akademik Azimboy Sadullayev dunyo miqyosida tan olingan va funksiyalar nazariyasi sohasi rivojiga özining ulkan hissasini qöşgan yetuk matematik olim hisoblanadi).

Uşbu ma'ruza onlayn tarzda respublikamizning 12ta oliy ta'lim muassasining Matematika ta'lim yönalişi 3 va 4 kurs talabalariga öqildi. Bunda hududlardagi talabalar akademik bilan jonli muloqot qiliş imkoniyatiga ega bölib, foydali bilimlar olişdi.

Akademik soat davomida mutaxassislar va talaba-yoşlarning matematika fani va mazkur mavzu yuzasidan bergan savollariga akademik Azimboy Sadullayevdan aniq va lönda javoblar olib, bilim va tajribalarini orttirganlaridan mamnun ekanliklarini izhor qilişdi.

Ma'ruza söngida tinglovçilar uşbu onlayn dars töğrisida özlarining fikrlari va takliflarini bildirişdi. Jumladan, şu kabi onlayn darslarni yanada köpaytiriş, boşqa fanlar böyiça ham öz sohasining yetakçi mutaxassislari bölgan professor va akademiklarning darslarini taşkil etiş, uşbu darslarning videoyozuvini internet tarmoğidagi xamma uçun oçiq resurslarga joylaştiriş takliflari bildirildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan bundan buyon doimiy ravişda mana şunday qiziqarli videodarslar ötkazib boriş belgilab qöyildi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va barça viloyatlardagi talabalar akademikni öz ta'lim muassasalariga taklif qilişdi.

Vazirlik tomonidan kelgusida akademiklar va yetakçi olimlarni har bir viloyatga borib, talaba-yoşlar bilan oçiq dars va jonli muloqot olib borişi böyiça amaliy işlarni rejalaştirmoqda.