Joriy yilning 14 sentabr kunidan boşlab maktab öquvçilari uçun televizion darslar uzatila boşlandi, deb yozmoqda Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati. 

Qayd etilişiça, «Onlayn-maktab» loyihasi doirasida har kuni 100 dan ortiq (30-35 soat) darslar tasvirga olinmoqda. Mazkur darslarda imkon qadar xatolik ötmasligiga harakat qilinmoqda.

Biroq, 16 sentabr kuni efirga uzatilgan çet tili fani videodarsida ayrim xatoliklarga yöl qöyilgan. 

«Xalq ta'limi vazirligi tomonidan darslarda yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni bartaraf etiş maqsadida çet tili öqituvçilarining tarkibi qayta körib çiqildi, dars muharriri almaştirildi hamda darslarda tajribali öqituvçilar jamoasini yanada kengaytiriş maqsadida mahoratli pedagoglar uçun tanlov e'lon qilindi.

Keng jamoatçilik va ijtimoiy tarmoq faollaridan «Onlayn-maktab» loyihasida iştirok etayotgan öqituvçilarni kamsitmaslikni söramoqçimiz. Har birimiz xatolikka yöl qöyişimiz mumkin, iş bor joyda xatoliklar ham uçrab turadi. Lekin, bu xatoliklarning oldini oliş va kelgusida yöl qöymaslik çoralari körilmoqda.

Umid qilamizki, bu vaziyat barçani öz vazifalarini bajarişda e'tiborliroq bölişga va işga professional yondaşişga undaydi», - deyiladi ma'lumotda.

Vazirlik, hozirgi şaroitda öz soğliğini xavf ostiga qöyib ham an'anaviy, ham masofaviy şaklda faoliyat olib borayotgan hamda videodarslarni tasvirga oliş jarayonlariga jalb qilingan öqituvçilarga minnatdorçilik bildirgan.