Prezident 17 mart kuni Samarqandda ötkazilgan yiğiliş vaqtida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rahbari Aziz Abduhakimovga Samarqandda turizmni rivojlantiriş böyiça zarur işlarni amalga oşiriş, viloyatga keladigan turistlar sonini 2018 yilda 350 ming nafarga yetkaziş (2017 yilgiga nisbatan ikki baravar köp), 2019 yilda esa 500 ming nafarga yetkaziş uçun kompleks çora-tadbirlarni töliq amalga oşiriş böyiça körsatmalar berdi. Bu haqda «Kun.uz» muxbiri xabar bermoqda.

Turistlar oqimi keskin oşişi tufayli 2018-2019 yillarda Botir Zokirov (Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi), Aziz Abduhakimov va viloyat hokimi hamkorlikda Samarqandda qöşimça 25ta 3, 4 va 5 yulduzli mehmonxonalar qurilişi ustida iş olib borişi kerakligi belgilandi. Şuningdek, «Afrosiyob Palas» mehmonxonasi kapital ta'mirdan çiqariladi, «Inturist» mehmonxonasi örnida 5 yulduzli mehmonxona quriladi.

«Milliy bank», Iqtisodiyot vazirining investitsiya masalalari böyiça birinçi örinbosari Sunnatulla Bekenov va Davlat arxitektura va quriliş qömitasi raisi Botir Zokirovga «Samarqand siti» turizm zonasi qurilişini jadallaştirib, 2019 yil oxiriga qadar işga tuşiriş topşiriq qilindi.

Boş vazirning birinçi örinbosari Oçilboy Ramatovga ikki hafta muddat içida Samarqand xalqaro aeroportini yölovçi qabul qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça takliflar kiritadi.

«Samarqand Siti» qurilişini ham nazoratga oling. Keçagi pullar bekorga berilgani yöq, hamma qarorga qöl qöydim. «Samarqand siti»ni qilişimiz şart. Keladigan odamlar tariximizga qiziqqani yaxşi, lekin ularga yaxşi şaroit ham qilib berişimiz kerak, odamlar rozi bölişi kerak. Samarqand ham zamonaviy şahar bölişi kerak. Bironta zamonaviy çoyxonamiz yöq. Yöq, Samarqandda. Faqat maqtanamiz Samarqand bilan. Yigirmata çoyxona oçiş kerak. Agar turistlar sonini 3 millionga kötarmoqçi bölsak. Kötarmasak byudjyetga pul tuşmaydi. Agar bu pullar bölsa, xalqimiz farovon yaşaydi», deya Ramatovga murojaat qiladi prezident.