ÖzA xabar berişiça, «Raqamli transformatsiya davrida xavfsizlik: yangi texnologiyalar rivojlanişini hisobga olgan holda terrorizm va ekstremizmga qarşi kuraşiş» mavzusidagi xalqaro tadbir Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati rahbari, general-polkovnik B. Qurbonov raisligida ötkazilmoqda.
Uçraşuv avvalida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengaşi kotibi V. Mahmudov Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning xalqaro muloqot iştirokçilariga yöllagan murojaatini öqib eşittirdi.
«ŞHT plyus» formatida xavfsizlik masalalari böyiça ekspertlar muloqotini taşkil etiş taşabbusi Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilk bor 2024-yilda Ostona şahrida ötkazilgan Şanxay hamkorlik taşkiloti sammitida ilgari surilgan.
2025-yilda Tyanszin şahrida bölib ötgan ŞHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengaşi yiğilişida esa mazkur formatdagi birinçi ekspertlar muloqotini Samarqandda ötkaziş taklif etilgan.
Xalqaro uçraşuvda ŞHTga aʼzo davlatlar, kuzatuvçi mamlakatlar va muloqot böyiça hamkorlarning maxsus xizmatlari rahbarlari hamda vakillari, xalqaro taşkilotlar mutasaddilari va taklif etilgan mehmonlar iştirok etmoqda.
Muloqotning asosiy mavzusi raqamli transformatsiya va yangi texnologiyalar rivoji şaroitida terrorizm hamda ekstremizmga qarşi kuraşişdan iborat.











