Özbekistonda fuqarolik jamiyati faoli Ğaybullo Jalilov ozod etildi. AQŞ elçixonasi bu borada tegişli bayonot bilan çiqqan.
“Amerika Qöşma Ştatlari fuqarolik jamiyati faoli Ğaybullo Jalilovning ozod etilişini olqişlaydi. 2009 yili xavfsizlikka aloqador masala va röyxatdan ötmagan diniy taşkilotga a'zolikda ayblanib, ozodlikdan mahrum etilgan Jalilov doim aybsiz ekanini aytib kelgan.
2013 yili, BMTning Hibsga oliş va uşlab turiş böyiça işçi guruhi Jalilovni ozod etişga çaqirgandi. Qöşma Ştatlar bu qarorni hamda sud tizimida oşkoralikni kuçaytiriş va barça fuqarolar uçun qonunga muvofiq adolatli munosabatlarni takomillaştiriş böyiça islohotlarni qöllab-quvvatlaydi”, - deyiladi bayonotda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda 2007 yilda qamalgan andijonlik huquq himoyaçisi Isroil Xoldorov va 1999 yilda qamalgan jurnalist Yusuf Rözimurodov ozod etilgandi.










