Özbekistonda 2007 yilda qamalgan andijonlik huquq himoyaçisi Isroil Xoldorov va 1999 yilda qamalgan jurnalist Yusuf Rözimurodov ozod etildi. Bu haqda AQŞning Özbekistondagi elçixonasi tegişli bayonot bilan çiqdi.

“AQŞ elçixonasi yaqinda Özbekistonning davlat siyosatidagi muhim özgarişlar sababli ozodlikka çiqarilgan uzoq muddatli vijdon mahkumlari Muhammad Bekjonov, Isroiljon Xoldorov va Yusuf Rözimurodovni mamnuniyat bilan kutib oldi. 

Biz ozodlikka çiqqan mahbuslarga adolat, soğliqni qayta tiklaş va yangi kuçlar tilaymiz. Biz Özbekiston hukumatini yana boşqa mahbuslarni ozodlikka çiqarişga va ozod bölganlarni ularni tölaqonli ozod inson ekanligini tasdiqlovçi hujjatlari topşirilişiga çaqiramiz. 

Biz umid qilamizki, siyosiy mahbuslarni hibsga oliş amaliyoti Özbekiston ötmişida qoladi va islohotlar izçil davom ettiriladi”, - deyiladi AQŞ elçixonasi bayonotida.

Ma'lumot uçun, Isroil Xoldorov 2007 yilning 19 fevral kuni Andijon viloyat jinoyat işlari böyiça sudi tomonidan 6 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Yusuf Rözimurodov esa 1999 yilda Toşkent viloyati jinoiy işlar böyiça sudi tomonidan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.