Vazirlar Mahkamasining 22.03.2018 yildagi «Nogironligi bölgan şaxslarni statistik hisobga oliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi 210-son qarori qabul qilindi, deb yozmoqda Norma.   

Hujjatda nogironligi bölgan şaxslarni hisobga oliş tizimi yetarli darajada işlab çiqilmaganligi qayd etilgan. Şuningdek nogironligi bölgan şaxslarga öz vaqtida zarur tibbiy-ijtimoiy yordam körsatiş uçun ularning ijtimoiy ahvolini monitoring qilişda kamçiliklar mavjud.

Şu munosabat bilan endi Davstatqöm davlat statistika hisoboti asosida quyidagilar töğrisidagi ma'lumotlarni şakllantiradi:

• nogironligi bölgan şaxslar soni;
• imkoniyati çeklangan (nogironligi bölgan) öquvçilar uçun moslaştirilgan infratuzilma va materiallarga ega maktabgaça ta'lim va umumta'lim muassasalari;
• reabilitatsiya markazlari faoliyati.

Nogironligi bölgan şaxslarning hayot faoliyatini aks ettiruvçi qöşimça statistik körsatkiçlar röyxati tasdiqlandi. Ular 2018 yil hisobot davridan boşlab tegişli vazirliklar va idoralar tomonidan işlab çiqiladi hamda Davstatqöm tomonidan jamlanadi.

Körsatkiçlar quyidagi ma'lumotlarni öz içiga oladi:

• imkoniyati çeklangan (nogironligi bölgan) öquvçilar uçun moslaştirilgan infratuzilma va materiallarga ega oliy ta'lim muassasalari – ma'lumotlar hisobotning 4-ta’lim şakliga kiritiladi;
• nogironligi bölgan şaxslar foydalanişi uçun qulay jamoat yölovçi transporti (avtobuslar) soni;
• surdo tarjima bilan yoki ötuvçi yozuvlar bilan birga olib borilayotgan telekörsatuvlar soni;
• imkoniyati çeklangan şaxslar uçun qöşimça qulayliklar bilan ta'minlangan davlat taşkilotlarining veb-saytlari soni (kontrastni qöşiş, şriftni kattalaştiriş, ovoz jörligi funksiyalari va boşqalar);
• ABKMga murojaat qilgan nogironligi bölgan şaxslardan işga joylaştirilganlar soni;
• tumanlar va şaharlar böyiça nogironligi bölgan şaxslarni işga joylaştiriş uçun iş örinlarini zaxiraga oliş;
• uy-joy bilan ta'minlangan, şuningdek yaşaş şaroitlari yaxşilanişiga muhtoj bölgan nogironligi bölgan şaxslar soni – hisobotning yangi 2-uy-joy şakli joriy etilmoqda (mas'ullar – tuman va şahar hokimliklari);
• fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan beriladigan moddiy yordam olgan nogironligi bölgan şaxslar soni –ma'lumotlar 1-NNT şakliga mahalla ilovasiga kiritiladi;
• sanatoriy-kurortlarda davolaniş uçun murojaat qilgan, şuningdek bunday yöllanmalar olgan nogironligi bölgan şaxslar soni;
• taşkilotlarga tegişli bölgan panduslar bilan jihozlangan binolar soni – ma'lumotlar hisobotning 1-korxona, 1-KB, 1-notijorat, 1-NNT şakllariga kiritiladi.

Hujjat 26.03.2018 yildan kuçga kirdi.