Moskvaning Tver sudi firibgarlik va jinoiy töda taşkil etişda gumon qilinayotgan milliarder Ziyovudin Magomedovni hibsga oldi. 

Sudya Magomedovni yetkazilgan zarar – 2,5 mlrd rubl qiymatdagi garov puliga qöyib yuborişdan boş tortgan.

Magomedov öz nomiga bildirilayotgan ayblovlarni qat'iyan rad etişini aytgan.

Avvalroq uşbu işning boşqa bir figuranti – tadbirkor Artur Maksidov hibsga olingan.

Rossiyaning 100 nafar eng boy odamlari röyxatiga kiruvçi, “Summa” guruhi egasi Ziyovudin Magomedov 30 mart kuni söroqdan keyin hibsga olingan. 31 martda sudda u 2,5 mlrd rubl ömargan jinoiy guruhni taşkil etişda gumon qilinayotgani ma'lum bölgan.

Taxmin qilinişiça, uşbu jinoiy iş epizodlaridan biri Kaliningradda “Arena Baltika” stadioni qurilişida amalga oşirilgan talon-tarojliklar bilan boğlangan. 

Magomedov himoyasi tergov Magomedovga “Summa” guruhi rahbari bölgani uçungina ayblov qöyayotganni aytgan. Bu guruhga esa jinoiy işga aralaşgan kompaniyalar kiradi.