Yer yuzida milliardlab odamlar bölsa, demak ana şunça taqdirlar degani. Taqdirda neki musibat-u neki şodlik bölsa, hammasini körasiz, hayotingizga qabul qilasiz. Eng ahamiyatli jihati taqdirlardagi manzillar barçani bir nuqtada birlaştiradi. Bugun biz ana şunday manzilda böldik va u yerdagilar bilan suhbatlaşdik.
“Ijod Press” bugungi kunda eng ilğor va sifatli naşriyotlardan biri. Aytiş kerakki, bugun bu yerda köplab özbek va xorij yozuvçilarining badiiy asar hamda tarjimalari, bolalar uçun adabiyotlar, ommabop qöllanmalar, luğatlar va turli öquv mahsulotlari naşrga tayyorlanib, zamonaviy texnologiyaga asoslangan öz bosmaxonasida işlab çiqarilmoqda. Bu manzilda közi ojiz bölgan yurtdoşlarimizning mehnat qilişi e'tiborimiz markazida böldi.

Mazkur naşriyotga ayni kunda Şerzodjon Hoşimov rahbarlik qilib kelmoqda. Naşriyot işlari bilan tanişar ekanmiz u kişi bir fikr aytdi. “Naşriyotlar bugungi kunda avtomatlaşgan bosqiçga ötgan. Biroq biz bunday qilmadik. Közi ojiz yurtdoşlarimizning iş örinlarini saqlab qoliş, ular bilan yelkama yelka turib işlaş muhim”, dedi.
- 2004 yil mazkur naşriyot işini boşlaganmiz. Boşlanişida közi ojizlar qiynalmasligi uçun oddiy işlardan boşlaganmiz. Keyinçalik faoliyatimizni kengaytirib, kitob naşr qiliş işini yölga qöydik. Ayni damda naşriyotda 15 nafar közi ojiz xodim işlamoqda, - deydi bosmaxona rahbari Bahrom Xasanov.

Biz Naşriyotdagi xodimlar bilan kiçik suhbat qurdik.
- Bu yerga 2017 yil sentabr oyida işga kelganman, - deydi Zaynab Maşrapova. – Bu yerning şaroitlari yaxşi. Bu yerda muqovaçi bölib işlayman. Öz işimni astoydil qiliş uçun harakat qilyapman. Orzularim köp. Özim ham böş vaqtimda ijod qilib turaman va niyatim mana şu yozganlarimni kitob qilib çiqariş.

Hozirgi kunda bosmaxonada yuqori sifatli kitob, etiketka, qadoqlaş qutilari va boşqa rangli bosma mahsulotlar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yangi, zamonaviy texnologik uskunalarni sotib oliş uçun bankdan uzoq muddatli kredit mablaği olinmoqda. Bu bilan kamida 30 nafar nogironligi bor şaxs uçun yana yangi iş örinlari yaratiladi.

Bugungi kunda nogironligi mavjud şaxslarni iş bilan ta'minlaş, aholiga arzon, mazmunli va bejirim kitoblar yetkazib, ma'rifiy ziyo tarqatiş “Dizayn-print” öquv-işlab çiqariş korxonasini mehnat jamoasining ezgu şioridir.













