"Ğafur Ğulom" nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida “Zamonamiz qahramoni” turkumida yangi asarlar çop etildi. Naşr etilgan kitoblar röyxatida Luqmon Börixonning “Titrayotgan toğ”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Qöçqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boşqaça” va Abduqayum Yöldoşevning “Osmon oğuşi” asarlari bor.

Kitoblar Özbekiston matbuot va axborot agentligi taşkil etgan tanlov natijalaridan kelib çiqqan holda naşr qilindi.

- Tanlov “ÖzAS” gazetasida e'lon qilingan edi. Tanlovda iştirok etgan köplab asarlar orasida şu törtta kitob tanlab olindi va "Ğafur Ğulom" nomidagi naşriyot-matbaa ijodiy uyida çop etildi. Ularning har birida jamiyatning biror sohasida xizmati singgan zamonamiz qahramonlari hayoti aks ettirilgan. Luqmon Börixonning “Titrayotgan toğ” romanida temiryölçilar, Abduqayum Yöldoşevning “Osmon oğuşi” asarida uçuvçining hayoti, Qöçqor Norqobilning “Bu yerlarda hayot boşqaça” asarida çegaraçilar hayoti tasvirlangan. Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” asari esa özbek olimining çet elga çiqişi haqida, - deydi "Ğafur Ğulom" nomidagi NMIU xodimi Sanjar Tursunov.

Kitoblar 3 ming tirajda çiqarilgan.