Özbekiston Respublikasi prezidentining «Özbekiston Respublikasida uruğçilik tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» qarori qabul qilindi.
Qarorda birlamçi uruğçilik va yangi, istiqbolli navlarni sinaş bilan şuğullanuvçi elita-uruğçilik xöjaliklari, ilmiy-tadqiqot muassasalarining faoliyatini taşkil etiş masalalari hal etilmasdan qolinayotgani, turli navdagi uruğlar va reproduksiyalarni alohida yiğiş, şuningdek, ularni saqlaş va qayta işlaş şaroitlariga rioya etilişi ustidan lozim darajada nazoratning mavjud emasligi ekin materiali sifatining pasayişiga va hosildorlikning tuşişiga olib kelayotgani qayd etilgan.
Qarorga köra, uruğçilik sohasini tubdan takomillaştiriş, sifatli va raqobatbardoş mahsulotlarni işlab çiqarişni kengaytiriş, ularni xalqaro bozorlarga yanada ilgari suriş maqsadida örnatilayotgan tartibga köra 2018 yil 1 sentabrdan:
- bitta viloyatda öntadan köp, bitta tumanda beştadan köp boşoqli don ekinlarining rayonlaştirilgan navlarini, şuningdek, bitta viloyatda beştadan köp, bitta tumanda ikkitadan köp ğözaning rayonlaştirilgan navlarini joylaştirişga yöl qöyilmaydi (sinov ötkaziş uçun joylaştiriladigan yangi navlar bundan mustasno);
- boşoqli don ekinlari va ğöza navlarini sinovdan ötkaziş muddati ikki yildan, boşqa qişloq xöjaligi ekinlarini sinovdan ötkaziş muddati bir yildan oşmasligi lozim;
- qişloq xöjaligi ekinlari uruğlarining navlarini (boşoqli don ekinlari, ğöza va kartoşka uruğlari bundan mustasno) majburiy röyxatdan ötkaziş va Özbekiston Respublikasi hududida ekiş uçun tavsiya etilgan Qişloq xöjaligi ekinlarining davlat reyestriga kiritiş töğrisidagi talab bekor qilinadi;
- boşoqli don ekinlari va ğözaning uruğlarini eksport qiliş Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligining xulosasiga asosan Innovatsion rivojlaniş vazirligining qarori böyiça amalga oşiriladi, boşqa qişloq xöjaligi ekinlarining uruğlarini eksport qiliş uçun maxsus ruxsatnoma talab qilinmaydi;
- qişloq xöjaligi ekinlari uruğlarini import qilganda (boşoqli don ekinlari, ğöza va kartoşka uruğlari bundan mustasno), agar sinovdan ötkazişda qöllanilgan talablar Özbekiston Respublikasida amalda bölgan şunga öxşaş talablardan past bölmasa, akkreditatsiya böyiça xalqaro akkreditatsiya taşkilotlari akkreditatsiya qilgan xorijiy laboratoriyalar tomonidan ötkazilgan qişloq xöjaligi ekinlarini sinovdan ötkaziş natijalari tan olinadi.
Ğöza uruğçiligi respublika markazi va Boşoqli don ekinlari uruğçiligi respublika markazi negizida Özbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzurida Uruğçilikni rivojlantiriş markazi taşkil etilmoqda va quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy vazifalari va yönalişlari etib belgilanmoqda:
- qişloq xöjaligi ekinlari, şu jumladan ğöza va boşoqli don ekinlarining uruğlarini tayyorlaş, foydalaniş va eksport qilişning zamonaviy tizimini şakllantiriş;
- mahalliy va xorijiy seleksiya navlari, şu jumladan biotexnologik navlarning birlamçi uruğçiligini taşkil etiş va rivojlantiriş;
- tarmoq korxonalari tomonidan qişloq xöjaligi ekinlarining ekiladigan uruğlarini tayyorlaş, qayta işlaş va saqlaş böyiça normativ talablarni xalqaro standartlar va texnik reglamentlarga muvofiq işlab çiqiş;
- uruğçilik sohasida ilmiy va tajriba-eksperimental tadqiqotlarni olib borişga, tarmoq korxonalarining ilmiy salohiyati va moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga kömaklaşiş;
- uruğçilik böyiça xalqaro va milliy organlar bilan özaro faol hamkorlik qiliş, uruğlarni ekişdan oldin işlov beriş va qayta işlaşga oid innovatsion texnologiyalarni, uşbu sohadagi nou-haularni joriy etiş.
Markaz davlat unitar korxonasi şaklidagi yuridik şaxs hisoblanadi.









