Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonga köra, Ğöza uruğçiligi respublika markazi va Boşoqli don ekinlari uruğçiligi respublika markazi negizida, uruğliklar, şu jumladan, paxta va boşoqli don ekinlari uruğlarini tayyorlaş hamda ulardan foydalanişning yagona va zamonaviy tizimini şakllantiriş uçun mas'ul bölgan Innovatsion rivojlaniş vazirligi huzuridagi Uruğçilikni rivojlantiriş markazi taşkil etilmoqda.

Farmonda ta'kidlanişiça, uruğlik tayyorlaş böyiça ixtisoslaştirilgan taşkilotlarda uruğlik oliş maqsadida yetiştirilgan paxta va boşoqli don ekinlarini keyinçalik alohida saqlaş şarti bilan qayta işlaş tartibini joriy qiliş töğrisidagi takliflar inobatga olinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Özpaxtasanoat” AJ va “Özdonmahsulot” AK bilan birgalikda farmon e'lon qilingandan ikki oy muddatda uruğlik tayyorlaş böyiça alohida taşkilotlarning, sex va omborlarning paxta hamda boşoqli don ekinlari uruğlari uçun ixtisoslaştirilişini, şuningdek, ularni bosqiçma-bosqiç Uruğçilikni rivojlantiriş markaziga beriş böyiça takliflar kiritişini ta'minlaş nazarda tutilmoqda.