Koreya Respublikasining Şimol bilan iqtisodiy hamkorlik böyiça qömitasi raisi Son Yon Gil​ Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qabulida hamkorlikda teleserial yaratiş masalasini muhokama etdi.  

«Bugun janob Prezident bilan uçraşuvda özaro savdo-sotiq böyiça ikki tomonlama aloqalar, davlat rahbarlarining özaro işonçga asoslangan döstona munosabatlari, strategik hamkorlikni yanada mustahkamlaş va uning doirasidagi istiqbolli yönalişlar yuzasidan suhbatlaşib oldik. 

Özbekiston va Koreya örtasida işlab çiqilgan loyihalarni öz vaqtida va töla bajarilişini ta'minlaş bu - hamkorlikning prinsipial vazifalaridan hisoblanadi. 

Özbekiston telekanallari va Koreya Respublikasining KBS telekanali bilan hamkorlikda teleseriallar yaratiş masalasini ham muhokama etdik»​, deydi Son Yon Gil. 

Joriy yilning 3 may kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasining Şimol bilan iqtisodiy hamkorlik böyiça qömitasi raisi Son Yon Gil boşçiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlarkan, döst Janubiy Koreya rahbariyati va xalqini joriy yil 27 aprel kuni Pxanmundjomda Koreyalararo sammit muvaffaqiyatli ötgani bilan yana bir bor tabrikladi.​
Uşbu tarixiy tadbir Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Çje Inning KXDR bilan munosabatlarni yaxşilaş, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaş, işonç muhitini mustahkamlaşga qaratilgan «Yangi şimoliy siyosat»ni röyobga çiqariş borasidagi qat'iy pozitsiyasi va sa'y-harakatlari tufayli samarali natijalar berayotgani alohida ta'kidlandi.