“Mening yurtim” telekanali hamda huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda real voqealarga asoslangan “Piramida” seriali bugun, 25 sentabrdan boşlab efirga uzatiladi.
“Mening yurtim” telekanali huquqni muhofaza qiluvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda real voqealarga asoslangan “Piramida” serialini taqdim etmoqda. Telekanal mazkur serialni davlat budjeti hisobidan emas, öz mablağlari hamda homiylar mablağlari hisobidan suratga olgan.

“Piramida” — kriminal, detektiv janrda olingan özbek milliy seriali bölib, uç fasldan iborat. Birinçi fasl 21 ta qism bölib, har bir qismning xronometraji 45 daqiqani öz içiga oladi.

Serial “Mening yurtim” telekanali va “Panorama Fox” studiyasi bilan hamkorlikda tasvirga olingan. Serialda moliyaviy firibgarlikning ayançli oqibatlari haqida hikoya qilinadi. Voqealar oson pul topiş yölini tanlagan Abbos va uning şeriklari atrofida keçadi. Ular tuzgan moliyaviy piramida minglab odamlarning işonçiga kirib, öz domiga tortadi. Natijada esa aldanganlar bor-budlaridan ayrilib qolişgaça boradi.

Serialda mansabdor şaxslarning korrupsiyaga yöl qöyayotganlari ham oçib beriladi. Albatta, qinğir işning qiyiği qirq yilda ham çiqadi, deganlaridek, “piramida”çilarning firibgarliklari ham suv yuziga qalqib çiqadi. Tomiri çuqur ildiz otib ketgan firibgarlar guruhini foş qiliş ham oson keçmaydi. Huquq-tartibot idoralari tomonidan maxsus reja asosan iş köriladi.


Umuman olganda serial orqali aholining huquqiy va moliyaviy savodxonligini oşiriş, ogohlikka çorlaş ğoyasi yotadi. Firibgarlarning yolğonlariga işonib, tez va oson mömay daromad topiş ketiş yöllariga uçmasdan, balki halol mehnat qiliş orqali öz davlatini ziyoda qiliş yöllari körsatib beriladi. Zero, tekin pişloq faqat qopqonda böladi.













