Yurtimizda “Yoşlarga oid davlat siyosati töğrisida”gi qonun ertangi kunimizning işonçi bölmiş yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda yuksak bilimli va malakali kadrlar etib tarbiyalaş jarayonini yanada takomillaştiriş, ularning iş bilan bandligini ta'minlaş borasidagi samarali işlarga dasturilamal bölmoqda.
Şu munosabat bilan “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi hamkorligida Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat institutida bitiruvçi talabalarning bandligini ta'minlaşga qaratilgan oçiq muloqot ötkazdi.

Muloqotda ta'kidlanganidek, bugungi kunda respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş uçun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni öz vaqtida zarur ixtisosliklar böyiça töqimaçilik va yengil sanoat sohalari ehtiyojidan kelib çiqqan holda tayyorlaş, oliy ta'lim mazmunini bevosita korxona va muassasalardagi texnika, texnologiya, işlab çiqariş munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlaniş dasturlariga muvofiq şakllantiriş, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxascisligi böyiça işga joylaştirişga doir qator dolzarb masalalarning yeçimini topişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Talabalar bilan oçiq va şaffof ruhda keçgan suhbatda “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi raisi I.Haydarov töqimaçilik sanoatini rivojlantirişda amalga oşirilayotgan işlar haqida sözlab berar ekan, öz örnida sohada kadrlar masalasi kamçiliklardan xoli emasligini ta'kidlar ekan, hududlarimizda faoliyat körsatayotgan yengil sanoat korxonalarida asosan xorijlik mutaxassislar işlayotgani, mahalliy kadrlarning işlab çiqarişdagi iştiroki qoniqarsiz ahvolda ekanini ma'lum qildi.

Muloqot davomida bitiruvçilar yurtimizdagi yengil sanoat korxonalari faoliyatiga oid statistik ma'lumotlarga ega böldi.













