“Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi F.Boboyev lavozimdan kuzatilmoqda. Rais vazifasini uning örinbosari F.Nurmuhamedov (çapdan birinçi) bajarib turadi. / Foto: “Özçarmsanoat” matbuot xizmati

Özbekistonda 18 mart kuni uçta tarmoq uyuşmasi rahbarlari öz arizasiga köra lavozimidan ozod etildi.

“Özçarmsanoat” uyuşmasi raisi Boboyev Faxriddin Atoyeviç lavozimini tark etdi. Rais vazifasini vaqtinça bajaruvçi etib uning örinbosari Nurmuhamedov Farhod Hasanoviç tayinlandi.

 “Öztöqimaçiliksanoat” uyuşmasi raisi bölib işlagan Ilhom Haydarov örniga uning birinçi örinbosari bölib işlab kelgan Mirmuhsin Sultonov tayinlandi.

Gul yetiştiruvçilar uyuşmasi raisi Alişer Musaboyevning lavozimini vaqtinça Ş.Nuriddinov egallagan.

Eslatib ötamiz, 12 mart kuni prezident huzurida bölib ötgan yiğilişda hududlarda işlab çiqariş, sanoat zonalari va eksport masalalarini yaxlit tizimda birlaştiriş maqsadida 12 ta tarmoq va sanoat uyuşmasini Savdo-sanoat palatasi tizimiga ötkaziş taklif etilgandi.

“Bu orqali loyiha tayyorlaş va eksport tizimi davlatdan tadbirkorlar özini özi boşqaradigan taşkilotga ötadi. Natijada ularning talab va istaklarini eşitiş, muammolarini hal qiliş osonlaşadi, tadbirkorlarning özaro hamkorligi kuçayadi”, – deyilgandi rasmiy xabarda.