Qoni 2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolişga imkon bergan avstraliyalik Jyeyms Xarrison 11 may kuni oxirgi marta qon topşirdi.

“Bu men uçun qayğuli kundir. Uzoq davom etgan yölning oxiri”, deb izoh bergan bunga 81 yoşli donorning özi. U öz yurtida “oltin qölli inson” deb ataladi. Xarrison 60 yil içida 1173 marta donorlik jarayonidan ötgan. 

Biroq Avstraliya qonunçiligiga köra, 81 yoş qon donorligi uçun maksimal yoş hisoblanadi.  

Xarrison yoşligida oğir operatsiyani boşdan ötkazgan va uning hayoti 13 litr qon quyiş bilan saqlab qolingan. Şundan keyin Xarrison donorlik qilişga qaror qilgan.

Gap şundaki, Xarrisonning qon plazmasi ona va homilaning qoni mos kelmasligi sababli yuzaga keluvçi immunologik qarama-qarşilik vaziyatida homilani himoyalay oladi. Rezus-manfiy qonga ega ayol rezus-musbat qonli bola bilan homilador bölsa, uning organizmi bolaning eritrotsitlariga virus bakteriyalariga kabi ta'sir qilib, ularni yöq qiliş uçun antitanalar işlab çiqaradi. Bunday qarama-qarşilik oqibatida homila nobud bölişi mumkin. Bu kasallik köplab miqdorda bola taşlaş, çaqaloqlarda boş miya zararlanişi yoki anemiya keltirib çiqaradi.

1960-yillarda olimlar rezus-ixtilofda yordam beruvçi Anti-D’ni aniqlamagunlarigaça, Avstraliyada rezus-ixtilofdan minglab çaqaloqlar nobud bölgan. Olimlar bu moddani onaga kiritib, bolaga xavf solayogan hujayralarni oğriqsiz yöq qiliş mumkinligini aniqlaşgan. 

 “Avstraliyada işlab çiqarilgan, Anti-Dning har bir kapsulasi Jyeymsning bir qismini özida saqlaydi”, deb aytgan rezus-donorlik dasturi koordinatori Robin Barlou.

Öşandan beri qariya deyarli har oy 500-800 ml qon plazmasi topşirib kelgan. Xarrison bu işi uçun 1999 yilda Avstraliya ordeni medali bilan taqdirlangan, Ginness rekordlar kitobi uni dunyodagi eng faol donor deb topgan.

“Şifokorlar menga ruxat bersalar, men buni qilişni davom ettiraman”, deb aytgan donorning özi.